QORIN TIFIGA QARShI VAKSINA IShLAB ChIQISh DOLZARBLIGI VA UNDAN FOYDLANIShNING TURLI YoSh TOIFASIDA ZAMONAVIY TENDENSIYaSI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab Journal of Universal Science Research jurnalida nashr etilgan.

Berdiyeva Z.I., Berdiyeva Z.I., Ormonova N.B, Ormonova N.B, Rajabov G‘.X.,, Rajabov G‘.X., (2025) QORIN TIFIGA QARShI VAKSINA IShLAB ChIQISh DOLZARBLIGI VA UNDAN FOYDLANIShNING TURLI YoSh TOIFASIDA ZAMONAVIY TENDENSIYaSI. Journal of Universal Science Research, 3 (11). pp. 193-194. ISSN 2181-4570

[thumbnail of 191_193-1942-konferensiya.pdf] PDF
191_193-1942-konferensiya.pdf - Published Version

Download (627kB)

Annotatsiya

Ma’lumki, ko‘lab ishak infeksiyalari kabi qorin tifi ham bakterial tabiatga ega eng keng tarqalgan yuqumli kasalliklaridan biri bo‘lib, ushbu kasallik turli yosh toifasida yuzaga kelgan endemik hududlarga katta tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammoga olib keladi. Klinik kechishi va ko‘rinishining o‘ziga xosligi bilan bemorlarda yetarlicha noqulaylik hamda hayot sifatini yomonlashtiruvchi shikoyatlarga sabab bo‘luvchi patologiya hisoblanadi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, Qorin tifi kasalligi bo‘yicha vaziyatni iqtisodiy jihatdan eng sezgir hisoblangan o‘rta va past darajada rivojlangan mamlakatlarda qoniqarsiz sanitariya-gigiena sharoitlari, faol rivojlanayotgan xalqaro turizm hamda ushbu hududlarda sodir bo‘lgan harbiy mojarolar yoki tabiiy ofatlar sezilarli darajada murakkablashtiradi. Qorin tifi etiologiyasi salkam bir asrdan ortiq vaqt davomida aniq bo‘lsada, asosan o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir, ba’zi hollarda esa qaytalanish bilan tavsiflangan bu kasallik hali ham jahon salomatligiga jiddiy tahdid solmoqda. Qorin tifini oldini olishda maxsus bo‘lmagan profilaktika choralari mavjud emas va mikroblarga qarshi davolash antibiotiklarga nisbatan chidamlilik rivojlanayotgani sababli bugungi kungacha yetarlicha samarali emas. Shu munosabat bilan bugungi kunda ushbu patologiyaga qarshi kurashishida turli yosh toifalari uchun vaksinasiya eng samarali usul ekanligi e’tirof etilmoqda.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Berdiyeva Z.I., Berdiyeva Z.I.
UNSPECIFIED
Ormonova N.B, Ormonova N.B
UNSPECIFIED
Rajabov G‘.X.,, Rajabov G‘.X.,
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: Journal of Universal Science Research
Jild: 3
Soni: 11
Sahifalar: pp. 193-194
Sana: 20 Noyabr 2025
ISSN: 2181-4570
DOI / ID: 10.66301/jusr.v3i11.14582
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/99320
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]