Berdiyeva Z.I, Berdiyeva Z.I (2025) BAKTERIAL ICHAK INFEKTSIYALARINING AHAMIYATI VA ASOSIY PATOGEN INFEKTSIYALARNI ZAMONAVIY ANIQLASH USULLARINING ISTIQBOLLARI. Journal of Universal Science Research, 3 (11). pp. 203-204. ISSN 2181-4570
201_203-2042-konferensiya.pdf - Published Version
Download (627kB)
Annotatsiya
Bakteriyalar keltirib chiqaradigan infektsiyalar aholi salomatligi bilan bog‘liq kasallanish hamda o‘limga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi va ularni oldini olish, davolashda sezilarli yutuqlarga qaramay, butun dunyo bo‘ylab iqtisodiy va ijtimoiy yukning ortishi davom etmoqda. Shartli ravishda ESKAPE (Enterococcus faecium, Staphylococcus aureus, Klebsiella pneumoniae, Acinetobacter baumannii, Pseudomonas aeruginosa Enterobacter spp.) deb nomlanuvchi yuquvchanligi juda yuqori oltita bakteriya Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dori vositalariga chidamli bakteriyalar sifatida e’tirof etilgan. Aynan shu sababli, ushbu patogenlarni tez va aniq tashxislash nafaqat samarali antibiotik terapiyasini o‘z vaqtida buyurish, balki epidemiyalarni bostirish hamda mikroblarga qarshi keyingi qarshilikni minimallashtirish uchun ham muhim hisoblanadi. Molekulyar diagnostika usullariga bo‘lgan ehtiyojning doimiy ravishda takomillashib borishi bakterial infektsiyalarning epidemiologik nazoratini yaxshilash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan, bakterial infektsiyalarni tashxislashda genomik va proteomik yondashuvlarga asoslangan molekulyar usullardan foydalanishning so‘nggi yutuqlarini tahlil qilish va har bir usulning afzalliklari va cheklovlarini muhokama qilish dolzab vazifa hisoblanadi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Berdiyeva Z.I, Berdiyeva Z.I UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | Journal of Universal Science Research |
| Jild: | 3 |
| Soni: | 11 |
| Sahifalar: | pp. 203-204 |
| Sana: | 20 Noyabr 2025 |
| ISSN: | 2181-4570 |
| DOI / ID: | 10.66301/jusr.v3i11.14586 |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/99317 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)