O‘ZBEK VA TURK TILLARIDAGI “OT” KOMPONENTLI MAQOLLARDA RANG-TUS BILDIRUVCHI LEKSEMALAR

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS jurnalida nashr etilgan.

Bozorova , Sabohat (2024) O‘ZBEK VA TURK TILLARIDAGI “OT” KOMPONENTLI MAQOLLARDA RANG-TUS BILDIRUVCHI LEKSEMALAR. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS, 1 (11). pp. 105-112.

[thumbnail of 105-112_Bozorova_S.pdf] PDF
105-112_Bozorova_S.pdf - Published Version

Download (343kB)

Annotatsiya

Til insonlarning bilim va tajribalarini keyingi avlodlarga yetkazuvchi muhim vositadir.  Tilning lug‘at boyligi, xalqning madaniyati, dunyoqarashi, asriy tajribalari, ijtimoiy hukmlari, ma’naviy qadriyatlari maqollarda ham yorqin  aks  etadi. Turkiy tillarda jamiyatning madaniy va  ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hayvonlar nomlari asosida tashkil topgan maqollar juda ko‘p. Maqollarda eng ko‘p uchraydigan hayvon nomi ot hisoblanadi. Zoonim komponentli barcha maqollarda bo‘lgani kabi, “ot” komponentli maqollarda ham  insonlarga berilmoqchi bo‘lgan nasihat, yetkazilmoqchi bo‘lgan fikr  o‘z ma’nosida yoki ko‘chma   ma’noda  ifoda etiladi. Ana shunday maqollarda rang bildiruvchi so‘zlar vositasida  fikr yanada ta’sirchan shaklda  ifoda etiladi. Turkiy tillar rang-tus bildiruvchi so‘zlarga juda boyligi bilan ajralib turadi. Turkiy tillarda otlarning rang-tusini bildiruvchi so‘zlarning hayratlanarli darajada ko‘pligi e’tiborni tortadi. Bu holat turkiy xalqlarning, asosan, ovchilik, chorvachilik, hunarmandlik, harbiy faoliyat bilan shug‘ullangani, ular hayotida hayvonlarning muhim o‘rin tutgani bilan izohlanadi. Ayni paytda til egalarining  teran tafakkuri, yuksak badiiy zakovatidan ham darak beradi.  Tadqiqotimizda otlarning rang-tusini bildiruvchi so‘zlar uchraydigan maqollar xususida so‘z yuritiladi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Bozorova , Sabohat
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS
Jild: 1
Soni: 11
Sahifalar: pp. 105-112
Sana: 13 Dekabr 2024
Kalit so'zlar: o‘zbek maqollari; turk maqollari; ot; komponent; rang-tus.
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/98527
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]