Yurak bilan og’rigan bemorlarda salomatlik sifatini baholash:turli xil yordam va parvarishlash usularining bemorlarning umumiy salomatlik sifatiga ta’sirini o’rganish.

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION jurnalida nashr etilgan.

Xamrayev Rashid Ravshanovich, Xamrayev Rashid Ravshanovich, Abduraimova Dilbar Abdurasul qizi, Abduraimova Dilbar Abdurasul qizi (2025) Yurak bilan og’rigan bemorlarda salomatlik sifatini baholash:turli xil yordam va parvarishlash usularining bemorlarning umumiy salomatlik sifatiga ta’sirini o’rganish. INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION, 2 (4). pp. 58-64.

[thumbnail of 58-64_Xamrayev_.pdf] PDF
58-64_Xamrayev_.pdf - Published Version

Download (200kB)

Annotatsiya

Ushbu maqola yurakning tuzilishi va qanday vazifani bajarilishi, yurak kasalligi bilan og’rigan bemorlarni parvarishlash va davollash usullari bayon etilgan. Ushbu ilmiy maqolada yurak kasalliklariga chalingan bemorlarning salomatlik sifati, hayot darajasi va sog‘lomlashtirish jarayonidagi psixososial holatlari o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – turli xil yordam va parvarishlash usullarining (farmakologik davolash, psixologik qo‘llab-quvvatlash, reabilitatsiya dasturlari, hamshiralik parvarishi va ijtimoiy yordam xizmatlari) bemorlarning umumiy sog‘lig‘iga va hayot sifati ko‘rsatkichlariga ko‘rsatgan ta’sirini aniqlashdir.
Tadqiqot doirasida yurak yetishmovchiligi, ishemik yurak kasalligi va boshqa yurak muammolari bilan og‘rigan bemorlar o‘rtasida so‘rovnomalar, klinik kuzatishlar va sog‘liqni baholash indikatorlari yordamida chuqur tahlillar olib borildi. Bemorlarning salomatlik sifati SF-36 (Short Form Health Survey) va EQ-5D kabi xalqaro baholash mezonlari orqali o‘lchandi. Shuningdek, yordam ko‘rsatish shakllari, ularning intensivligi, davomiyligi va bemorning ulardan olgan real foydasi alohida o‘rganildi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kompleks yondashuv – ya’ni dori-darmon bilan davolashga qo‘shimcha sifatida ruhiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, parhez va jismoniy faollikni nazorat qilish kabilar – bemorning sog‘lig‘i va psixologik farovonligiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimidagi hamshiralik xizmatining samaradorligi va doimiy monitoring bemorlar holatining barqarorlashuvida muhim rol o‘ynaydi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Xamrayev Rashid Ravshanovich, Xamrayev Rashid Ravshanovich
UNSPECIFIED
Abduraimova Dilbar Abdurasul qizi, Abduraimova Dilbar Abdurasul qizi
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION
Jild: 2
Soni: 4
Sahifalar: pp. 58-64
Sana: 9 May 2025
Kalit so'zlar: beta-blokatorlar,ase inhibito’rleri.yurak ribilatsiyasi,medikamentoz.
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/97456
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]