ABU ABBOS MAROKESHIY: MATEMATIKA, ASTRONOMIYA VA TILSHUNOSLIK SOHALARIDAGI ILMIY MEROSINING TADQIQI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD jurnalida nashr etilgan.

Azizov Mirzabobur, Azizov Mirzabobur (2025) ABU ABBOS MAROKESHIY: MATEMATIKA, ASTRONOMIYA VA TILSHUNOSLIK SOHALARIDAGI ILMIY MEROSINING TADQIQI. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD, 2 (10). pp. 7-10.

[thumbnail of 7-10.pdf] PDF
7-10.pdf - Published Version

Download (200kB)

Annotatsiya

Ushbu maqolada XIII–XIV asrlarda yashab ijod qilgan mashhur mag‘riblik olim — Abu Abbos Marokeshiy ning ko‘p qirrali ilmiy merosi tahlil qilinadi. U matematika, astronomiya, balog‘at, til va falsafa sohalarida ellikdan ortiq asarlar yaratgan. Maqolada uning matematikaga oid asarlarining ahamiyati va ular orqali Mag‘rib mintaqasida algebra hamda geometriya rivojiga qo‘shgan hissasi bayon etiladi. Shuningdek, “Kitab al-anva”, “Al-Yasar fi ta‘dil al-kavakib” singari astronomiyaga oid asarlari o‘rganilib, ularning o‘sha davr taqvimshunoslik va yulduzlar harakatini hisoblash amaliyotidagi o‘rni yoritiladi. Muallifning bayon va balog‘at ilmlariga bag‘ishlangan “Ar-Ravdu-l-mari‘ fī ṣina‘ati-l-bad” kabi asarlari esa uning tilshunoslikdagi ilmiy merosini namoyish etadi. Maqolada shuningdek, Abu Abbosning ustozlari va shogirdlari haqida ma’lumot berilib, uning ilmiy maktabi orqali Ibn Xaldun, Al-Obuliy kabi yirik allomalar shakllanganligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari Abu Abbos Marokashiyning islom ilm-fani tarixida alohida o‘rin tutganini ko‘rsatadi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Azizov Mirzabobur, Azizov Mirzabobur
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD
Jild: 2
Soni: 10
Sahifalar: pp. 7-10
Sana: 1 Noyabr 2025
Kalit so'zlar: Abu Abbos Marokashiy, matematika tarixi, astronomiya, algebra, Mag‘rib ilmiy maktabi, balog‘at, ilmiy meros.
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/96161
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]