Gafurov Ravshan, Gafurov Ravshan (2025) Yetakchi aloqa korxonasi xizmatlarining diversifikatsion holati. CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD, 2 (11). pp. 76-87.
76-87.pdf - Published Version
Download (312kB)
Annotatsiya
Ushbu maqolada yetakchi aloqa korxonalari xizmatlarining diversifikatsion holati, ularning ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy, “yashil” va innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanish darajasi kompleks tahlil qilingan. Raqamli jamiyat sharoitida telekommunikatsiya operatorlarining oddiy aloqa yetkazib beruvchidan raqamli platforma va ekotizim yaratishga o‘tishi, AT&T, Verizon, SK Telecom, Reliance Jio kabi global kompaniyalar misolida yoritilgan. Shu asosda O‘zbekiston aloqa bozorida faoliyat yuritayotgan «O‘zbektelekom» AK, Beeline, Ucell, Uzmobile va boshqa operatorlarning ta’lim, sog‘liqni saqlash, IT-startaplar, “yashil” texnologiyalar, 5G, sun’iy intellekt va raqamli ekotizim yo‘nalishlarida diversifikatsiya darajasi va strategik ustunliklari tahlil qilingan. Jadval va diagrammalar asosida ijtimoiy xizmatlar (subsidiya qilingan trafik, elektron poliklinika, masofaviy ta’lim), iqtisodiy ko‘rsatkichlar (startaplar bilan ishlash, IT eksporti, investitsiyalar), tashkiliy faoliyat (ICT tadbirlar, magistral tarmoqlar, data-markazlar), ekologik tashabbuslar (solar stansiyalar, energiya tejamkor BS, e-waste) hamda innovatsion yo‘nalishlar (5G bazalar, AI chat-botlar) bo‘yicha milliy operatorlarning holati global liderlar bilan qiyosiy baholangan. Yakunida "O‘zbektelekom" AKning raqamli ekotizimi tarkibi va kelgusidagi diversifikatsiya strategiyasi ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik nuqtai nazardan istiqbolli yo‘nalish sifatida asoslab beriladi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Gafurov Ravshan, Gafurov Ravshan UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD |
| Jild: | 2 |
| Soni: | 11 |
| Sahifalar: | pp. 76-87 |
| Sana: | 14 Dekabr 2025 |
| Kalit so'zlar: | Telekommunikatsiya; diversifikatsiya; aloqa operatorlari; «O‘zbektelekom» AK; raqamli ekotizim; 5G; sun’iy intellekt; ijtimoiy xizmatlar; raqamli ta’lim; elektron sog‘liqni saqlash; IT-startaplar; yashil texnologiyalar; e-waste; infratuzilma; global telekom liderlar; raqamli transformatsiya; innovatsion xizmatlar. |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/96086 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)