MINERAL VA KIMYOVIY QO‘SHIMCHALAR ASOSIDA ISHLAB CHIQILGAN BETONDA ISSIQLIK BARQARORLIGINI OSHIRISH USULLARI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH jurnalida nashr etilgan.

Botirova Nodira, Botirova Nodira, Toshpo‘latov Og‘abek, Toshpo‘latov Og‘abek, Shukrullayeva Dilnoza, Shukrullayeva Dilnoza (2025) MINERAL VA KIMYOVIY QO‘SHIMCHALAR ASOSIDA ISHLAB CHIQILGAN BETONDA ISSIQLIK BARQARORLIGINI OSHIRISH USULLARI. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH, 2 (10). pp. 34-37.

[thumbnail of 34-37.pdf] PDF
34-37.pdf - Published Version

Download (206kB)

Annotatsiya

Ushbu maqolada yuqori harorat ta’sirida ishlovchi qurilish obyektlari, xususan, yo‘l qoplamalari, sanoat pechlari, energetika inshootlari va quyosh energiyasi obyektlari uchun betonning issiqlik barqarorligini oshirish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, unda mineral qo‘shimchalar (metakaolin, mikrosilikat, shlak) va kimyoviy qo‘shimchalar (polikarboksilat asosidagi superplastifikator va gidrofob modda) birgalikda qo‘llanilib, ularning mikrostrukturaga ta’siri kompleks tarzda o‘rganildi. Materiallar PC 400 D0 va PC 500 D0 sementlari asosida tayyorlanib, 28 sutka qotgach 100 dan 800 darajagacha bo‘lgan haroratlarda termik sinovlardan o‘tkazildi. Siqilishdagi mustahkamlik, elastiklik moduli, massa yo‘qotilishi, suv singdirish va mikrostrukturaviy tahlillar bajarildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 20 foiz metakaolin, 0,8 foiz superplastifikator va 0,5 foiz gidrofob qo‘shimcha kombinatsiyasi 600 darajagacha bo‘lgan haroratlarda betonning mustahkamligini 80–85 foizgacha saqlab qoladi. 800 darajada esa oddiy beton bilan taqqoslaganda mustahkamlik pasayishi 15–20 foiz atrofida bo‘ladi. Gidrofob komponent suv bug‘lanishidan hosil bo‘ladigan ichki bosimni kamaytirib, yoriqlanishni kamaytiradi; mikrosilikat esa C–S–H fazalarini mustahkamlab, mikro-g‘ovaklikni kamaytiradi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston iqlim sharoitiga mos beton ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan yakunlandi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Botirova Nodira, Botirova Nodira
UNSPECIFIED
Toshpo‘latov Og‘abek, Toshpo‘latov Og‘abek
UNSPECIFIED
Shukrullayeva Dilnoza, Shukrullayeva Dilnoza
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH
Jild: 2
Soni: 10
Sahifalar: pp. 34-37
Sana: 7 Noyabr 2025
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/95063
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]