Abdullayeva Guliston, Abdullayeva Guliston (2024) JADIDCHILIK DAVRIDA XORAZM ADABIY MUHITI. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE, 1 (1). pp. 363-367.
Abdullayeva_Guliston_363-367.pdf - Published Version
Download (241kB)
Annotatsiya
Maʼlumki, XIX asr oxiri XX asr boshlari Oʻrta Osiyo xalklari tarixiga “milliy uygʻonish davri” boʻlib kirgan. Bu davrda amal qilgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-adabiy harakat muammolarini oʻrganish hozirgi kunda ham davom etmoqda. Zero, jamiyat taraqqiyoti, insonning oʻzligi, Vatan mustaqilligi gʻoyalari bu harakatning ijtimoiy ideali boʻlib, eskirmaydigan boqiy qadriyatdir. Bu murakkab, koʻp qirrali jarayonning taʼlim, badiiy ijod, sanʼat, matbuot va boshqa sohalardagi yangicha koʻrinishlari, milliy va umumbashariy mazmundagi insonparvarlik qarashlari bugungi tadqiqotlarda tobora yorqinroq ochilmoqda. Bu jarayon – “jadidchilik harakati” sifatida keng yoyilib, uning faoliyat doirasi, voqe boʻlish xususiyatlari, oʻziga xosligi alohida diqqatga loyiqdir. Taniqli adabiyotshunos professor Begali Qosimovning “jadidchilik yakrang emas, u Turkiston, Buxoro, Xivada turli miqyos va koʻlamda namoyon boʻlganligi” haqidagi fikrlarida ana shu turfalik nazarda tutilgan. Bu hol jadidchilikning asosiy yoʻnalishlaridan biri adabiyotga ham daxldor.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Abdullayeva Guliston, Abdullayeva Guliston UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE |
| Jild: | 1 |
| Soni: | 1 |
| Sahifalar: | pp. 363-367 |
| Sana: | 26 Yanvar 2024 |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/94808 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)