TURLI EKISH MUDDATLARI VA MA’DAN O‘G‘IT ME’YORLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab AGROINNOVATSIYА jurnalida nashr etilgan.

Xolmuminov, Sherzod (2026) TURLI EKISH MUDDATLARI VA MA’DAN O‘G‘IT ME’YORLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA KO‘CHAT QALINLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI. AGROINNOVATSIYА, 4 (03). pp. 34-39. ISSN 3030-3249

[thumbnail of 34-39_Xolmuminov.pdf] PDF
34-39_Xolmuminov.pdf - Published Version

Download (286kB)

Annotatsiya

Maqolada 2024 yil vegetatsiya davri sharoitida turli ekish muddatlari hamda ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining g‘o‘zaning Buxoro-102, Sherobod-ShN, Termiz-202 va SP-1607 navlarida ko‘chat qalinligi shakllanishiga ta’siri ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqotlarda ekish muddatlarining chigitlarning unib chiqish darajasi, ko‘chatlarning dastlabki rivojlanishi hamda vegetatsiya davri oxirigacha saqlanib qolish ko‘rsatkichlariga ta’siri baholangan. Olingan natijalar ekish muddatlari g‘o‘za ko‘chatlari qalinligining shakllanishida muhim agrotexnik omil ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, aprel oyida ekilgan variantlarda tuproqning harorat va namlik sharoitlari urug‘larning bir maromda unib chiqishi uchun qulay bo‘lib, natijada ko‘chatlarning dala unuvchanligi va mavsum yakunidagi saqlanish darajasi yuqori bo‘ldi. Kechiktirilgan ekish muddatlarida esa ko‘chat qalinligining ma’lum darajada kamayishi kuzatildi. Shuningdek, ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining qo‘llanilishi ko‘chatlarning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, optimal oziqlanish sharoitida ko‘chatlarning saqlanib qolish darajasini oshirganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Termiz-202 va SP-1607 navlari barcha ekish muddatlarida nisbatan yuqori ko‘chat qalinligi ko‘rsatkichlarini namoyon etib, ularning ekologik moslashuvchanligi va dala sharoitida yashovchanlik darajasi yuqori ekanligini tasdiqladi. Mazkur natijalar g‘o‘za navlarini yetishtirishda maqbul ekish muddatlari va ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini belgilash orqali ko‘chat qalinligini me’yorlashtirish hamda yuqori hosildorlikka erishishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Xolmuminov, Sherzod
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: AGROINNOVATSIYА
Jild: 4
Soni: 03
Sahifalar: pp. 34-39
Sana: 17 Iyun 2026
ISSN: 3030-3249
Kalit so'zlar: g‘o‘za; ekish muddati; ko‘chat qalinligi; mineral o‘g‘itlar; nav
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/93369
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]