QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 396-401 jurnalida nashr etilgan.

Xaitov, Akbar (2026) QALQONSIMON BEZ PATOLOGIYASI BO‘LGAN AYOLLARDA MINERAL ALMASHINUV BUZILISHLARI VA OSTEOPOROZ XAVFI. South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 396-401.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Qalqonsimon bez kasalliklari reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalgan endokrin patologiyalardan biri hisoblanadi. Gipotireoz va strumektomiyadan keyingi holatlarda kalsiy-fosfor almashinuvi, D vitamini metabolizmi hamda suyak remodellanish jarayonlarida muhim o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu esa osteopeniya va osteoporoz rivojlanish xavfini oshiradi. Maqsad: gipotireoz va strumektomiyadan keyingi ayollarda suyak to‘qimasi holati, mineral almashinuv ko‘rsatkichlari hamda gormonal osteoporoz rivojlanish xususiyatlarini baholash. Material va usullar: tadqiqotga reproduktiv va perimenopauza yoshidagi gipotireoz hamda strumektomiyadan keyingi bemorlar jalb qilindi. Barcha ayollarda kalsiy, fosfor, D vitamini, paratgormon, tireotrop gormon (TTG) va erkin T4 ko‘rsatkichlari aniqlandi. Suyak mineral zichligi densitometriya usuli yordamida baholandi. Natijalar: gipotireoz va strumektomiyadan keyingi bemorlarda D vitamini tanqisligi, kalsiy miqdorining pasayishi hamda paratgormon darajasining oshishi kuzatildi. Densitometriya natijalari osteopeniya va osteoporoz uchrash chastotasi yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Suyak mineral zichligi ko‘rsatkichlari TTG darajasi va D vitamini konsentratsiyasi bilan korrelyatsion bog‘liqlikka ega bo‘ldi. Xulosa: gipotireoz va strumektomiyadan keyingi ayollarda gormonal osteoporoz rivojlanish xavfi yuqori bo‘lib, kalsiy-fosfor almashinuvi hamda D vitamini holatini muntazam nazorat qilish zarur hisoblanadi

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Xaitov, Akbar
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: South Aral Region Medical Journal; Vol. 2 No. 3 (2026): JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI; 396-401
Nashriyot: South Aral Region Medical Journal
Sana: 15 Iyun 2026
DOI / ID: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/659
Kalit so'zlar: gipotireoz; strumektomiya; gormonal osteoporoz; D vitamini; kalsiy
Mavzular: ?? gipotireoz ??
?? strumektomiya ??
?? gormonal osteoporoz ??
?? D vitamini ??
?? kalsiy ??
Eslatma: Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/659)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/93264
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]