SHOISLOM SHOMUHAMEDOVNING “GULBOG‘ NASIMI” (1992) ASARINING AXLOQIY-TARBIYAVIY VA BADIIY AHAMIYATI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab "Conference on Universal Science Research 2023"; Vol. 4 No. 5 (2026): "Conference on Universal Science Research 2023"; 73-74 jurnalida nashr etilgan.

Madina, Aliqulova (2026) SHOISLOM SHOMUHAMEDOVNING “GULBOG‘ NASIMI” (1992) ASARINING AXLOQIY-TARBIYAVIY VA BADIIY AHAMIYATI. "Conference on Universal Science Research 2023"; Vol. 4 No. 5 (2026): "Conference on Universal Science Research 2023"; 73-74.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Shoislom Mahmudovich Shomuhamedov (1921–2007) o‘zbek sharqshunosligi, tarjimonlik va adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri sifatida o‘zining “Gulbog‘ nasimi” (1992) asari bilan o‘zbek adabiyotida alohida iz qoldirdi. Ushbu kitob muallifning oldingi “Gulbog‘” (1972) va “Gulbog‘ sayri” (1978) to‘plamlarining mantiqiy va badiiy davomi hisoblanadi. Asar sharqona hikmatli hikoyalar, falsafiy lavhalar, ruboiylar va hayotiy kuzatishlardan iborat bo‘lib, unda muallif turmushdagi oddiy voqealar orqali chuqur axloqiy, ijtimoiy va falsafiy masalalarni ko‘taradi.
“Gulbog‘ nasimi”ning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, muallif klassik sharq adabiyoti an’analari — xususan, Sa’diy Sheroziyning “Gulistoni”, Jomiyning “Bahoristoni” va Hofiz Sheroziy ijodining ruhini zamonaviy o‘zbek hayoti bilan uyg‘unlashtirgan. Kitobdagi har bir kichik hikoya yoki ruboiy muallifning shaxsiy kuzatishlari, frontdagi xotiralari, ilmiy safarlari va kundalik hayotdagi voqealarga asoslanadi. Bu jihatdan asar nafaqat badiiy, balki memuar va didaktik xususiyatlarga ham ega.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Madina, Aliqulova
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: "Conference on Universal Science Research 2023"; Vol. 4 No. 5 (2026): "Conference on Universal Science Research 2023"; 73-74
Nashriyot: "Conference on Universal Science Research 2023"
Sana: 1 Iyun 2026
DOI / ID: 10.66301/ed87rc10
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/19143)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/92885
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]