TERINING IMMUN TIZIMDAGI ROLI VA TERI BARERINING BUZILISHIDA IMMUN MEXANIZMLAR

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH jurnalida nashr etilgan.

Marjona, Mengliboyeva, Abduraxmonovich, Kibriyev Bexruz, qizi, Kattaboyeva Muhayyo Nurmuhammad (2026) TERINING IMMUN TIZIMDAGI ROLI VA TERI BARERINING BUZILISHIDA IMMUN MEXANIZMLAR. ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Teri inson organizmining eng katta a’zosi bo‘lib, u faqat tashqi qoplovchi qatlam emas, balki murakkab immun-biologik platforma sifatida ham faoliyat yuritadi. Teri fizik, kimyoviy va immun himoya tizimlarini birlashtirgan ko‘p qatlamli barer bo‘lib, mikroorganizmlar, allergenlar, toksik omillar, ultrabinafsha nurlanish va mexanik shikastlanishlarga qarshi birlamchi himoyani ta’minlaydi. Keratinotsitlar, Langerhans hujayralari, dermal dendrit hujayralar, makrofaglar, mast hujayralar, tabiiy killer hujayralar va T limfotsitlar terining mahalliy immun homeostazini saqlashda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga filaggrin, seramidlar, tight junction oqsillari, antimikrob peptidlar va mikrobiom ham teri barerining funksional yaxlitligi uchun zarur hisoblanadi. Mazkur maqolaning maqsadi terining immun tizimdagi rolini, teri barerining struktur-funksional asoslarini hamda barer buzilganda yuzaga keladigan immun mexanizmlarni zamonaviy ilmiy qarashlar asosida tizimli yoritishdan iborat. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, barer yaxlitligi buzilganda allergen va mikroblarning penetratsiyasi ortadi, pattern recognition receptor tizimlari faollashadi, keratinotsitlardan IL-1, IL-6, TNF, TSLP, IL-25 va IL-33 ajralishi kuchayadi, natijada Th2, Th17 va Th22 yo‘llari ishga tushib, surunkali yallig‘lanish va to‘qima remodellasiyasi rivojlanadi. Ayniqsa atopik dermatit, kontakt dermatit va psoriaz kabi dermatozlarda ushbu mexanizmlar klinik jihatdan katta ahamiyatga ega.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Marjona, Mengliboyeva
UNSPECIFIED
Abduraxmonovich, Kibriyev Bexruz
UNSPECIFIED
qizi, Kattaboyeva Muhayyo Nurmuhammad
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH
Nashriyot: Research Science and Innovation House
Sana: 5 Aprel 2026
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/17506
Kalit so'zlar: teri bareri, teri immuniteti, keratinotsit, Langerhans hujayrasi, mikrobiom, filaggrin, atopik dermatit, kontakt dermatit, psoriaz, sitokinlar
Mavzular: ?? teri bareri, teri immuniteti, keratinotsit, Langerhans hujayrasi, mikrobiom, filaggrin, atopik dermatit, kontakt dermatit, psoriaz, sitokinlar ??
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/17506)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/90194
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]