CHIQINDI SHINALARDAN BIOBENZOL (BENZOL FRAKSIYASI) OLISH: PIROLIZ VA KATALITIK AROMATIZATSIYA ASOSIDA YUQORI QIYMATLI MAHSULOTLAR SINTEZI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH jurnalida nashr etilgan.

qizi, Ergashova Sarvinoz Bahodir, qizi, Jaylovova Rayhona Musurmon, qizi, Usanova Farzona Beknazar (2026) CHIQINDI SHINALARDAN BIOBENZOL (BENZOL FRAKSIYASI) OLISH: PIROLIZ VA KATALITIK AROMATIZATSIYA ASOSIDA YUQORI QIYMATLI MAHSULOTLAR SINTEZI. ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Chiqindi shinalar tarkibida yuqori uglerod ulushiga ega elastomerlar, aromatik plastifikatorlar hamda uglerod qora mavjudligi ularni aromatik uglevodorodlar, xususan benzol fraksiyasi olish uchun muhim ikkilamchi xomashyo sifatida ko‘rsatadi. Ushbu maqolada chiqindi shinalardan biobenzol olishning ilmiy asoslari, jarayonning termodinamik va kinetik xususiyatlari, termik piroliz hamda zeolitli katalizatorlar ishtirokidagi katalitik piroliz mexanizmlari, BTX (benzol–toluol–ksilen) fraksiyasining hosil bo‘lish yo‘llari, oltingugurtli ifloslanish muammosi, gidrotozalash (HDS) va adsorbsion tozalash texnologiyalari, mahsulot sifatini baholash usullari hamda ekologik-iqtisodiy samaradorlik keng yoritildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, HZSM-5, HY va HBeta kabi zeolit katalizatorlar olefinlar va dienlarning aromatizatsiyasini jadallashtirib, benzol selektivligini oshiradi. Metall modifikatsiyalangan katalizatorlar (Ni, Mo, Fe) dehidrogenatsiya jarayonlarini kuchaytirib, benzol fraksiyasining ulushini ko‘paytiradi. Jarayonni optimallashtirish, katalizator regeneratsiyasi hamda ikki bosqichli reaktor konfiguratsiyalari chiqindi shinalardan yuqori qo‘shimcha qiymatli aromatik platforma kimyoviy moddalar olish uchun istiqbolli yechim hisoblanadi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
qizi, Ergashova Sarvinoz Bahodir
UNSPECIFIED
qizi, Jaylovova Rayhona Musurmon
UNSPECIFIED
qizi, Usanova Farzona Beknazar
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH
Nashriyot: Research Science and Innovation House
Sana: 18 Fevral 2026
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/16766
Kalit so'zlar: chiqindi shina, termik piroliz, katalitik piroliz, aromatizatsiya, benzol, BTX, zeolit katalizator, HZSM-5, gidrotozalash, barqaror kimyo.
Mavzular: ?? chiqindi shina, termik piroliz, katalitik piroliz, aromatizatsiya, benzol, BTX, zeolit katalizator, HZSM-5, gidrotozalash, barqaror kimyo. ??
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/16766)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/89934
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]