Ahmedov, Alim (2025) VIDEO-MARKETINGNING ISTE’MOLCHILAR JALB QILINISHIGA TA’SIRI: TIKTOK VA YOUTUBE MISOLIDA. ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Mazkur maqola video-marketingning iste’molchi e’tiborini jalb qilish, qaror qabul qilishga ta’sir ko‘rsatish hamda brend bilan uzoq muddatli o‘zaro aloqani shakllantirish jarayonidagi rolini TikTok va YouTube platformalari misolida tahlil qiladi. So‘nggi yillarda qisqa videokontent, algoritmik tavsiyalar va vizual narrativlar orqali marketing kommunikatsiyasi keskin o‘zgarib, iste’molchilar xatti-harakati sezilarli darajada transformatsiyaga uchradi. Tadqiqotda video-platformalarning algoritmik mexanizmlari, vizual semiotika, platformaga xos auditoriya xususiyatlari va marketing strategiyalarining psixologik asoslari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, TikTokning dinamik, qisqa va impulsiv videolari iste’molchilarning tezkor reaksiyasini kuchaytirsa, YouTube esa chuqurroq axborot beradigan, uzoq davom etuvchi videoformatlar orqali ratsional qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydi. Maqola video-marketingni iste’molchi jalb qilinishining ko‘p qatlamli mexanizmlari — emotsional, kognitiv, vizual va algoritmik omillar orqali talqin qiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy marketing amaliyoti uchun nazariy va amaliy jihatdan muhim xulosalar taqdim etadi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Ahmedov, Alim UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH |
| Nashriyot: | Research Science and Innovation House |
| Sana: | 19 Noyabr 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/14411 |
| Kalit so'zlar: | Video-marketing; TikTok; YouTube; iste’molchi xulqi; algoritmik tavsiyalar; vizual narrativ; emotsional ta’sir; kontent strategiyasi; raqamli kommunikatsiya; brend jalb qilinishi. |
| Mavzular: | ?? Video-marketing; TikTok; YouTube; iste’molchi xulqi; algoritmik tavsiyalar; vizual narrativ; emotsional ta’sir; kontent strategiyasi; raqamli kommunikatsiya; brend jalb qilinishi. ?? |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/14411) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/89431 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)