Norboyevna, Mamadiyeva Zarifa, Raufovna, Jo'raqulova Maftuna (2026) XOMILADOR AYOLLARDA VITAMIN D QO‘LLANILISHINING YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQLARDA RESPIRATOR DISTRESS SINDROMINI OLDINI OLISHDAGI AHAMIYATI. SYNAPSES: INSIGHTS ACROSS THE DISCIPLINES.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqola xomilador ayollarda vitamin D qo‘llanilishining yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress sindromi (RDS) rivojlanishining oldini olishdagi ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda vitamin D ning ona va homila organizmidagi fiziologik roli, ayniqsa o‘pka rivojlanishi, surfaktant sintezi va immun tizim shakllanishiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilindi. Zamonaviy klinik kuzatuvlar va epidemiologik ma’lumotlar asosida vitamin D yetishmovchiligi chaqaloqlarda RDS rivojlanish xavfini oshiruvchi muhim omillardan biri ekanligi ko‘rsatildi.
Ilmiy dalillar shuni tasdiqlaydiki, vitamin D alveolyar hujayralarning differensiasiyasi va surfaktant ishlab chiqarilishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu moddaning yetarli darajada bo‘lishi o‘pkaning tug‘ilish vaqtiga tayyorligini oshirib, nafas yetishmovchiligi xavfini kamaytiradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, vitamin D yetishmovchiligi kuzatilgan homilador ayollarda tug‘ilgan chaqaloqlarda RDS rivojlanish ehtimoli sezilarli darajada yuqori bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, homilador ayollar orasida vitamin D yetishmovchiligi keng tarqalgan bo‘lib, bu neonatal asoratlar, jumladan respirator muammolar bilan bog‘liq. Shu sababli profilaktik qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Norboyevna, Mamadiyeva Zarifa UNSPECIFIED Raufovna, Jo'raqulova Maftuna UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | SYNAPSES: INSIGHTS ACROSS THE DISCIPLINES |
| Nashriyot: | Research Science and Innovation House |
| Sana: | 4 May 2026 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18195 |
| Kalit so'zlar: | vitamin D, homiladorlik, respirator distress sindromi, surfaktant, yangi tug‘ilgan chaqaloq, o‘pka rivojlanishi, neonatal patologiya, immunitet, prenatal profilaktika |
| Mavzular: | ?? vitamin D, homiladorlik, respirator distress sindromi, surfaktant, yangi tug‘ilgan chaqaloq, o‘pka rivojlanishi, neonatal patologiya, immunitet, prenatal profilaktika ?? |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18195) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/87713 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)