Madina, Ismoilova (2025) HOMILADORLIK VAQTIDA PATALOGIK VAZN ORTISHI: AKUSHERLIK VA PERINATAL ASORATLAR (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA). FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Homiladorlik davrida tana vaznining ortishi fiziologik jarayon bo‘lib, ona organizmining homilani rivojlantirishga moslashuvi bilan bog‘liq. Biroq tana vaznining me’yoridan ortiqcha oshishi patologik holat hisoblanib, akusherlik va perinatal asoratlar rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ortiqcha vazn va semizlik homilador ayollarda arterial gipertenziya, preeklampsiya, gestatsion qandli diabet, tug‘ruq faoliyatining sustligi hamda perinatal o‘lim ko‘rsatkichlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Surxondaryo viloyati demografik jihatdan aholi zichligi yuqori bo‘lgan, tug‘ilish ko‘rsatkichlari nisbatan baland hududlardan biri hisoblanadi. Viloyatda reproduktiv yoshdagi ayollarning salomatligi, homiladorlikni olib borish sifati va perinatal xizmatlar samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biridir. Aholining ovqatlanish madaniyati, kamharakat turmush tarzi, metabolik buzilishlar va homiladorlikdan oldingi ortiqcha vazn patologik vazn ortishining asosiy xavf omillari hisoblanadi
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Madina, Ismoilova UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI |
| Nashriyot: | FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI |
| Sana: | 22 Dekabr 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/15541 |
| Kalit so'zlar: | Surxondaryo viloyatida homilador ayollarda patologik vazn ortishining akusherlik va perinatal asoratlar bilan bog‘liqligini o‘rganish hamda profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish. |
| Mavzular: | ?? Surxondaryo viloyatida homilador ayollarda patologik vazn ortishining akusherlik va perinatal asoratlar bilan bog‘liqligini o‘rganish hamda profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish. ?? |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/15541) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/85631 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)