Zardo‘zlik san’atining yosh avlod orasida davomiyligi: Madaniy merosning saqlanishi va innovatsion yondashuvlar

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH jurnalida nashr etilgan.

Xoʻjamurodova, Sevinch (2025) Zardo‘zlik san’atining yosh avlod orasida davomiyligi: Madaniy merosning saqlanishi va innovatsion yondashuvlar. CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonning milliy madaniy meroslaridan biri hisoblangan zardo‘zlik san’atining yosh avlod orasida saqlanishi, davomiyligi va rivojlanish masalalari innovatsion yondashuvlar nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Asrlar davomida xalq estetikasi, ruhiyati va ijtimoiy tuzumiga mos holda shakllangan zardo‘zlik san’ati hozirgi globallashuv davrida ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmayapti. Tadqiqotda zardo‘zlik maktablarining an’anaviy texnikalari, naqshlar semantikasi va ularning zamonaviy dizayndagi talqinlari tahlil qilingan.
Maqolada davlat dasturlari, madaniy markazlar va o‘quv kurslarining yoshlar orasida zardo‘zlikka qiziqishni oshirishdagi roli, shuningdek, raqamli texnologiyalar, onlayn ustaxonalar va kreativ dizayn platformalarining bu san’atni zamon bilan uyg‘unlashtirishdagi ahamiyati ko‘rsatilgan. Xalqaro tajribalar bilan solishtirgan holda, O‘zbekistonda zardo‘zlikni intellektual mulk sifatida ro‘yxatga olish va brendga aylantirish istiqbollari yoritiladi.
Shaxsiy nuqtai nazarga ko‘ra, zardo‘zlik san’atini saqlash va rivojlantirish — bu faqatgina amaliy hunarni saqlash emas, balki xalqning madaniy o‘zligini anglash, estetik merosini avloddan-avlodga yetkazish va uni global dizayn tili orqali dunyoga tanitish vositasidir. Aynan yoshlarning ushbu san’atga kreativ va innovatsion yondashuvi uning barqaror kelajagini ta’minlaydi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Xoʻjamurodova, Sevinch
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH
Nashriyot: Research Science and Innovation House
Sana: 13 Iyul 2025
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/13239
Kalit so'zlar: zardo‘zlik san’ati, madaniy meros, yosh avlod, innovatsion yondashuv, naqshlar, kreativ dizayn, raqamli texnologiyalar, estetik qadriyat, intellektual mulk, hunarmandchilik.
Mavzular: ?? zardo‘zlik san’ati, madaniy meros, yosh avlod, innovatsion yondashuv, naqshlar, kreativ dizayn, raqamli texnologiyalar, estetik qadriyat, intellektual mulk, hunarmandchilik. ??
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/13239)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/84568
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]