Raxmatulloyev, Umid (2025) SOVET YILLARIDA OʻZBEKISTON SANOATIDA KADRLAR MASALASI: YOʻNALISH VA MUAMMOLAR. CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Oʻzbekiston tarixida oʻtgan XX asr juda bahsli, ziddiyatli, qarama – qarshiliklarga boy davr boʻldi. Ushbu davrda iqtisodiy va siyosiy jihatdan koʻplab yangiliklar va burilishlar davri boʻldi. Aynan XX asrning boshlarida Podsho Rossiyasining tugatilishi va 1922-yilning 30-martida dunyo tarixiga SSSR nomi ittifoq davlatining paydo boʻlishi Oʻrta Osiyo hududlariga ham oʻz taʻsirini koʻrsatdi. Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgan Turkiston hududida ittifoq davlati tuzilgach hududiy chegaralanishlar oʻtkazildi. 1924-yilning 13-17 fevralida Buxoroda Butunoʻzbek sovetlarining I ta`sis majlisi boʻlib oʻtdi. Mazkur syezdda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilindi va Fayzulla Xoʻjayev boshchiligidagi yangi hukumat tuzildi. Shu yilning 27-oktabrida ittifoq tarkibidagi Oʻzbekiston SSR tuzildi. Aynan mazkur davrdagi iqtisodiy siyosatni tahlil qilish, sanoat tarmoqlarini kadrlar bilan taminlashdagi muammo va yutuqlarni oʻrganish muhim va dolzarb hisoblanadi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Raxmatulloyev, Umid UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH |
| Nashriyot: | Research Science and Innovation House |
| Sana: | 17 May 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/11827 |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/11827) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/84342 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)