Iminov, Abduvali, Xamdamova, Mayramxon (2024) Sarept xantali (Brassica junceae Czern.) navlari poya balandligiga biostimulyatorlar qo‘llashning ta’siri. CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Maqolada sarept xantali (Brassica junceae Czern.) ning “Nika” va “Yunona” navlarini poya balandligiga urug‘larni ekish oldidan, o‘simlikni to‘pbarg va to‘pgul hosil qilish davrlarida stimulyatorlar bilan ishlov berishning ta’siriga oid ma’lumotlar keltirilgan. Xantal navlari urug‘larini ekish oldidan Uzgumi stimulyatorini urug‘ga ekish oldidan 700 ml/t, to‘p barg hosil qiqlish davrida 200 ml/ga, to‘pgul hosil qilish davrida 400 ml/ga va Fitovak stimulyatorini ekish oldidan urug‘ga 300 ml/t, to‘p barg hosil qilish davrida 300 ml/ga, to‘pgul hosil qilish davrida esa 400 ml/ga me’yorlarda qo‘llanilgan variantlarda yuqori natijalar kuzatilib, o‘simlikning bo‘yi poya hosil qilish fazasida 44,5-45,0 sm, shonalash fazasida 84,6-85,3 sm, gullash fazasida 114,1-114,8 sm, qo‘zoqcha hosil qilish fazasida 138,3-139,1 sm va pishish fazasida 143,6-144,0 sm ni tashkil etganligi aniqlangan. Yunona navida esa poya hosil qilish fazasida 45,3-46,1 sm, shonalash fazasida 86,7-87,0 sm, gullash fazasida 115,8-116,7 sm, qo‘zoqcha hosil qilish fazasida 140,6-141,4 sm va pishish fazasida 145,2-145,8 sm ni tashkil etgan.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Iminov, Abduvali UNSPECIFIED Xamdamova, Mayramxon UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH |
| Nashriyot: | Research Science and Innovation House |
| Sana: | 9 Noyabr 2024 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/7878 |
| Kalit so'zlar: | Sarept xantali; poya balandligi; Nika; Yunona; stimulyator |
| Mavzular: | ?? Sarept xantali ?? ?? poya balandligi ?? ?? Nika ?? ?? Yunona ?? ?? stimulyator ?? |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/7878) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/83730 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)