Mirazimova, Iroda, Usmonova, Dilfuz, Mamatova, Mahfuza (2024) Bronxial astma.Bronxial astma hurujida birinchi tibbiy yordam. MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Ushbu maqolada”Bronxial astma” haqida tushuncha,shuningdek bronxial astma huruji davrida kuzatiladigan patologik holat. Astinatik status- bu og`ir va davomli bo’g’ilish. Oddiy bronxial astma hurujidan qattiq yo`tal yo`qligi, balg`am ko’chiruvchi va bronxlarni kengaytiruvchi dorilar ta'sir qilmasligi bilan farq qiladi.Mana shunday klinik holat kuzatilganda bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish usullari va ehtiyot choralari muhokama qilinadi. . Bronxial astma — surunkali,yallig’lanish tabiatli havo yo’llari kasalligidir. Nafas olish organlarida surunkali yallig’lanish jarayonlari ularning giperfaolligiga olib keladi, natijada allergen yoki qo’zg’atuvchi ta’sirga uchraganda bronxial obstruktsiya (qisilish) rivojlanadi, bu havo oqimi tezligini kamaytiradi va bo’g’ilishga olib keladi. Bronxial astma huruji odatda qo’zg’atuvchi ta’siridan keyin rivojlanadi va qisqa o’tkir nafas olish va shovqinli uzaygan nafas chiqarish bilan xarakterlanadi. Odatda yopishqoq balg’amli va shovqinli yo’tal alomatlari bilan birga keladi. Bronxial astma o’pka va yurakning emfizemasiga, astma holatining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. So’nggi yigirma yil ichida astma bilan kasallanish holatlari ko’paydi va bu jins va yoshdan qa’tiy nazar, insonlarda eng keng tarqalgan surunkali kasalliklar sirasidan. Bronxial astma bilan kasallanganlar orasida o’lim darajasi juda yuqori. So’nggi yigirma yil ichida bolalardagi bronxial astma holatlari ortib borishi bunday hoaltni nafaqat kasallik, balki ijtimoiy muammo deb qarashga undamoqda va unga qarshi kurash uchun maksimal kuchlar qaratilganligi bayon etilgan.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Mirazimova, Iroda UNSPECIFIED Usmonova, Dilfuz UNSPECIFIED Mamatova, Mahfuza UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | MEDICINE, PEDAGOGY AND TECHNOLOGY: THEORY AND PRACTICE |
| Nashriyot: | Research Science and Innovation house |
| Sana: | 29 Noyabr 2024 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/8288 |
| Kalit so'zlar: | Bronxial astma, astinatik status, ekzogen allergenlar, bronxlar,spazmlar, sensibilizasiyasi, status asthmaticus, surunkali, birinci tibbiy yordam. |
| Mavzular: | ?? Bronxial astma, astinatik status, ekzogen allergenlar, bronxlar,spazmlar, sensibilizasiyasi, status asthmaticus, surunkali, birinci tibbiy yordam. ?? |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/8288) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/81932 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)