O‘ZBEKISTONDA VIRUSLI GEPATIT A: EPIDEMIOLOGIK DINAMIKA VA PROFILAKTIK STRATEGIYALAR

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan jurnalida nashr etilgan.

Matnazarova, G.S., Saidkasimova, N.S, Ismoilov, O.D (2025) O‘ZBEKISTONDA VIRUSLI GEPATIT A: EPIDEMIOLOGIK DINAMIKA VA PROFILAKTIK STRATEGIYALAR. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Virusli gepatit A (VGA) global sog‘liqni saqlash sohasida muhim ijtimoiy-iqtisodiy va epidemiologik ahamiyatga ega bo‘lgan yuqumli kasallik sifatida dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Ushbu kasallikning keng tarqalishi, ayniqsa, o‘rtacha va yuqori endemik mintaqalarda, shu jumladan O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarda, uning global iqtisodiyot va aholining salomatligiga ta’sirini ta’kidlaydi. VGA nafaqat bolalar, balki katta yoshdagi shaxslar orasida ham tarqalishi, kasallikning uzoq muddatli va og‘ir kechishi, turli klinik shakllarning mavjudligi va boshqa etiologiyadagi jigar kasalliklari bilan kombinatsiyalanishi uning murakkab tabiatini yanada kuchaytiradi [11,12]. Shu bilan birga, yuqori immunogen vaktsinalarning mavjudligiga qaramay, ko‘plab mamlakatlarda, xususan, Rossiya Federatsiyasida rejalashtirilgan emlash dasturlarining yetarli darajada qamrovga ega emasligi VGA tarqalishini nazorat qilishda jiddiy to‘siqlarni keltirib chiqarmoqda. O‘zbekiston o‘rtacha endemiklik darajasiga ega bo‘lsa-da, ayrim hududlarda kasallanishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilmoqda, bu esa mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi uchun qo‘shimcha muammolar yaratmoqda.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Matnazarova, G.S.
UNSPECIFIED
Saidkasimova, N.S
UNSPECIFIED
Ismoilov, O.D
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan
Nashriyot: Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan
Sana: 10 Iyun 2025
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/12365
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/12365)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/76233
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]