Quziboyev, Azizbek (2026) OBSESSIVE-COMPULSIVE DISORDER KLINIK HOLAT TAHLILI VA DAVOLASH YONDASHUVLARI. O‘ZBEKISTON VA XALQARO TAJRIBA TAQQOSLANISHI. XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Obsessive-compulsive disorder (OCD) — surunkali va ko‘pincha progressiv kechuvchi ruhiy buzilish bo‘lib, obsesiv fikrlar va kompulsiv xatti-harakatlar bilan tavsiflanadi. Ushbu maqolada 18 yoshli bemor misolida OCDning klinik kechishi, bosqichma-bosqich rivojlanishi, diagnostikasi hamda davolash yondashuvlari tahlil qilindi.
Klinik holatda bemorda asosan diniy mazmundagi obsesiv fikrlar kuzatilgan bo‘lib, kompulsiv xatti-harakatlar to‘liq shakllanmagan. Dastlabki davolash bosqichlarida polifarmatsiya (antipsixotiklar va trisiklik antidepressantlar) qo‘llanilgan, biroq ushbu yondashuv uzoq muddatli barqaror remissiyani ta’minlamagan. Keyingi bosqichda davolash strategiyasi qayta ko‘rib chiqilib, monoterapiya asosida amitriptilin qo‘llanilgan va bu bemorda sezilarli klinik yaxshilanish hamda barqaror remissiyaga olib kelgan.
Maqolada O‘zbekiston va xalqaro, xususan AQSh amaliyotida OCDni davolash yondashuvlari taqqoslab tahlil qilindi. Xalqaro tajribada selektiv serotonin qayta qabul qilinish ingibitorlari (SSRI) va kognitiv-bihevioral terapiya (CBT), ayniqsa Exposure and Response Prevention (ERP), “oltin standart” sifatida qo‘llanilishi ta’kidlandi.
Mazkur klinik holat OCDni davolashda individual va patogenetik asoslangan yondashuv muhimligini ko‘rsatadi hamda O‘zbekiston sharoitida psixoterapiya va zamonaviy davolash usullarini keng joriy etish zarurligini ta’kidlaydi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Quziboyev, Azizbek UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi |
| Nashriyot: | "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi |
| Sana: | 15 May 2026 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18579 |
| Kalit so'zlar: | OCD; obsesiv fikrlar; kompulsiv xatti-harakatlar; amitriptilin |
| Mavzular: | ?? OCD ?? ?? obsesiv fikrlar ?? ?? kompulsiv xatti-harakatlar ?? ?? amitriptilin ?? |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18579) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/71828 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)