Boboyev, Jahongir (2026) XIX–XX asrlarda o‘zbek xalqining mustaqillikka qadar bo‘lgan yo‘li va undan olingan tarixiy saboqlar. XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
O‘zbek xalqi azal-azaldan boy tarixiy merosga va o’ziga xosligi sababli boshqa xalqlardan ajralib turadi. Mazkur maqolada o‘zbek xalqining XIX–XX asrlarda mustaqillikka erishish yo‘li tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoni bosib olishi, bu jarayonda mahalliy siyosiy kuchlarning zaifligi va ichki nizolarning salbiy ta’siri yoritiladi. Shuningdek, milliy ozodlik harakatlari, jadidchilik faoliyati hamda sovet davridagi qatag‘onlarning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri keng yoritilgan.
Maqolada Rossiya imperiyasining hududni bosib olish jarayonida “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” tamoyilidan foydalangan holda xonliklarni bosqichma-bosqich mustamlakaga aylantirgani tahlil qilinadi. Bundan tashqari, sovet davridagi siyosiy repressiyalar, ayniqsa milliy ziyolilar va jadidlarning ta’qib qilinishi natijasida jamiyat rivojiga yetkazilgan zararlar ko‘rsatib o‘tiladi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi — tarixiy voqealarni tahlil qilish orqali milliy ozodlik kurashlarining ahamiyatini ochib berish hamda o‘tmish tajribasi asosida muhim tarixiy xulosalar chiqarishdan iborat. Muallif o‘zbek xalqining erkinlikka intilishi va milliy o‘zlikni saqlab qolish yo‘lidagi kurashini alohida ta’kidlaydi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Boboyev, Jahongir UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi |
| Nashriyot: | "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi |
| Sana: | 15 May 2026 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18555 |
| Kalit so'zlar: | Mustamlakachilik; Turkiston; qatag‘onlar; jadidlar |
| Mavzular: | ?? Mustamlakachilik ?? ?? Turkiston ?? ?? qatag‘onlar ?? ?? jadidlar ?? |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/18555) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/71778 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)