YOSH SPORTCHILAR BILAN ISHLASHDA INDIVIDUAL YONDASHUVNING METODIK ASOSLARI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi jurnalida nashr etilgan.

Ibragimov, Sanjar (2025) YOSH SPORTCHILAR BILAN ISHLASHDA INDIVIDUAL YONDASHUVNING METODIK ASOSLARI. XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Yosh sportchilar bilan ishlash jarayoni sport pedagogikasi va jismoniy tayyorgarlik metodikasi sohasida alohida e’tibor talab qiladigan yo‘nalishlardan biridir. Chunki bolalar va o‘smirlar jismoniy, ruhiy va fiziologik jihatdan kattalardan tubdan farq qiladi. Ularning organizmi rivojlanish bosqichida bo‘lganligi sababli, mashg‘ulot jarayonlarida individual yondashuv qo‘llash zaruriyati dolzarb masalaga aylangan. Ushbu maqolada yosh sportchilar bilan ishlashda individual yondashuvning metodik asoslari, ularni qo‘llash mezonlari va pedagogik-psixologik tamoyillari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada individual yondashuvning samaradorligini oshirish uchun yosh sportchilar organizmining biologik yoshi, jismoniy tayyorgarlik darajasi, psixologik holati, motivatsiyasi va sportga munosabati hisobga olinishi kerakligi asoslab beriladi. Shuningdek, har bir sportchining individual salohiyatini aniqlash va unga mos mashg‘ulotlar kompleksini tuzish orqali maksimal natijalarga erishish mumkinligi tajribaviy misollar orqali ko‘rsatib o‘tiladi. Zamonaviy texnologiyalar, monitoring vositalari va funksional testlar yordamida sportchilarning tayyorgarlik holatini doimiy baholab borish individual yondashuvni samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar, o‘smirlar va o‘sib kelayotgan sportchilar bilan ishlashda yondashuv farqlari, yuklama hajmi va tiklanish jarayonlarining o‘ziga xosliklari ham yoritiladi. Metodik jihatdan esa, pedagogik nazorat, bosqichma-bosqich rivojlantirish, differensial yondashuv va individual rejalashtirish asosiy tamoyillar sifatida ko‘rib chiqiladi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Ibragimov, Sanjar
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Nashriyot: "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Sana: 15 Aprel 2025
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/10936
Kalit so'zlar: Yosh sportchilar, individual yondashuv, metodika, sport pedagogikasi, jismoniy rivojlanish, biologik yosh, psixologik xususiyatlar, trening yuklamasi, differensial mashg‘ulotlar, funksional baholash
Mavzular: ?? Yosh sportchilar, individual yondashuv, metodika, sport pedagogikasi, jismoniy rivojlanish, biologik yosh, psixologik xususiyatlar, trening yuklamasi, differensial mashg‘ulotlar, funksional baholash ??
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/10936)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/69868
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]