Abduvakhobov, Sarvarbek (2023) SHAYBONIYLAR DAVRIDA DIN ULAMOLARINING BOSHQARUVDAGI O‘RNI. XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Hukmdorlar o‘rtasidagi deyarli barcha sulhlar diniy ulamolar ishtirokida amalga oshirilgin. Hatto, hukmdorlar qahr-u g‘azabga to‘lgan chog‘ida ham, din peshvolari aybdorlarni jazolanishdan saqlab qolish darajasida katta qudratga ega bo‘lganlar. Masalan, 1507-yil Hirot Muhammad Shayboniy qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilgach, shahar aholisi “moli omon” (solig‘i)ga tortiladi. Shunda shahar ichidagi ba’zi amaldorlar shahar aholisi ko‘magida qochib ketish maqsadida hiyla ishlatib, butun shahar bo‘ylab “hozirgina Muhammad Muhsin mirzo (Husayn Boyqaroning o‘g‘li) o‘z qo‘shini bilan yetib keldi va Shayboniy bilan urushish uchun u tomonga ketdi”, deb xalqni ko‘chmanchilarga qarshi ko‘tarish maqsadida yolg‘on xabar tarqatishadi. Bundan shahar aholisi qo‘zg‘alib, shahar ichi va tashqarisida “moli omon” yig‘ib yurgan uch yuz atrofidagi Shayboniyxon odamlarini o‘ldiradi. Bunday vaziyatda shahar akobirlari xalqdan ayovsiz o‘ch olinishining oldini olish maqsadida, din peshvolari va qozilarni Shayboniyxon huzuriga yuborib, shahar aholisining gunohidan o‘tishini so‘rashgan. Muhammad Shayboniyxon esa shaharning obro‘li din peshvolariga qarshi bora olmay, Hirot aholisining gunohidan kechib, o‘z sarkardalarining qasos olishiga ruxsat bermagan.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Abduvakhobov, Sarvarbek UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi |
| Nashriyot: | "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi |
| Sana: | 11 Oktabr 2023 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/2260 |
| Eslatma: | Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/2260) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/66727 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)