TAQLID SO‘ZLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab Multidisciplinary Journal of Science and Technology jurnalida nashr etilgan.

Khurshida, Khaydarova (2022) TAQLID SO‘ZLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI. Multidisciplinary Journal of Science and Technology.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Ma’lum tilning boyligi, rang-barangligi frazeologik birliklarning amaliy ahamiyati bilan bog‘liq. Bu esa xalq tilida ko‘p uchraydigan iboralarni jamlash, o‘rganish va izohli lug‘atlarga kiritish zaruratini yuzaga keltiradi. O‘zbek tilida mavjud frazeologik birliklarning qamrovi hozirgi izohli lug‘atlarda to‘liq emas, jumladan taqlid so‘zli frazeologik birliklar ham kam uchraydi. Bu esa umumxalq tilidagi taqlid so‘zlarni o‘rganish va leksikografik tadqiq qilish zaruratini ko‘rsatadi. Maqola taqlid so‘zlarning o‘rganilishi, bu mavzu doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar, o‘zbek tilidagi taqlid so‘zli frazeologik birliklar hamda ularning izohli lug‘atlarga kiritilishi, statistik va qiyosiy tahlillar asosida ilmiy izlanishlar olib borilganligi bilan ahamiyatlidir. O‘rganilgan ma’lumotlar va amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek tili frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek tili iboralarining o‘quv izohli lug‘ati”ga kiritilgan taqlid so‘zlar ishtirokidagi xalq tilida ko‘p uchraydigan frazeologik birliklar alohida tasnif qilinib, ularning 2006-yil nashr etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kiritilgan o‘rinlari aynan keltirib o‘tildi. Buning natijasida hozirgi izohli lug‘atlarda uchramaydigan taqlid so‘zli frazeologik birliklar ro‘yxati shakllandi va izohli lug‘atning keyingi nashrlari uchun tavsiya sifatida izoh va illyustrativ misollari bilan birgalikda jadval asosida berildi. Frazeologik birliklar leksik-semantik tahlil qilinib, ularning polisemantik, sinonimik, omonimik, graduonimik ma’nolari misollar asosida yoritib berildi. Ma’lum tildagi izohli lug‘atlar shakllantirilayotganda nafaqat leksemalar, balki umumxalq tilidagi faol frazeologik birliklarni kiritish orqali bosh so‘z leksikografik talqinini takomillashtirish va boyitish mumkinligi bo‘yicha tahlillar va xulosalar asosida tavsiyalar keltirildi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Khurshida, Khaydarova
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: Multidisciplinary Journal of Science and Technology
Nashriyot: Center for Tech and Media Research
Sana: 11 Mart 2022
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/6857
Kalit so'zlar: izohli lug‘at, taqlid so‘z, frazeologik birlik, frazeologik polisemiya, frazeologik sinonimiya, frazeologik omonimiya, graduonimiya, so‘z birikmasi, gap, ko‘chma ma’no.
Mavzular: ?? izohli lug‘at, taqlid so‘z, frazeologik birlik, frazeologik polisemiya, frazeologik sinonimiya, frazeologik omonimiya, graduonimiya, so‘z birikmasi, gap, ko‘chma ma’no. ??
Eslatma: Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/6857)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/65753
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]