Ergashevna, Xamrayeva Shoira, Toxirovna, Muxtarova Nargiza (2025) POLIPLI RINOSINUSITDA ANTIBAKTERIAL VA YALLIG‘LANISHGA QARSHI TERAPIYANING INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUVI: KLINIK SAMARADORLIK TAHLILI. Multidisciplinary Journal of Science and Technology.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Maqolada polipli rinosinusit (chronic rhinosinusitis with nasal polyps — CRSwNP) bo‘yicha antibakterial va yallig‘lanishga qarshi terapiyaning integratsiyalashgan yondashuvi o‘rganilgan. Ushbu kasallik ko‘p hollarda nafaqat yallig‘lanish, balki bakterial infeksiyalar bilan ham murakkablashgani sababli, kompleks davolash yondashuvlarini qo‘llash zarurati tug‘iladi.
Tadqiqotda mahalliy va sistemik kortikosteroidlar bilan birga antibiotiklarni (amoksitsillin-klavulanat, tsefalosporinlar va boshqalar) qo‘llashning samaradorligi to‘g‘risidagi adabiyotlar tahlil qilingan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, integratsiyalashgan terapiya simptomlarni tezroq kamaytiradi, poliplarning o‘lchamini kichraytiradi va qaytalanish ehtimolini sezilarli darajada pasaytiradi.
Maqola xulosasida CRSwNPni davolashda infektsiyani bartaraf etish va yallig‘lanishni nazorat qilishni birlashtirgan yondashuv — zamonaviy klinik amaliyotda yuqori samarali usul sifatida ko‘riladi. Antibiotiklardan faqat zarurat bo‘lganda va laborator tekshiruvlarga asoslanib foydalanish tavsiya etiladi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Ergashevna, Xamrayeva Shoira UNSPECIFIED Toxirovna, Muxtarova Nargiza UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | Multidisciplinary Journal of Science and Technology |
| Nashriyot: | Center for Tech and Media Research |
| Sana: | 24 Oktabr 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5322 |
| Kalit so'zlar: | polipli rinosinusit, antibakterial terapiya, yallig‘lanishga qarshi dori, integratsiyalashgan yondashuv, kortikosteroid, infektsiya, klinik samaradorlik. |
| Mavzular: | ?? polipli rinosinusit, antibakterial terapiya, yallig‘lanishga qarshi dori, integratsiyalashgan yondashuv, kortikosteroid, infektsiya, klinik samaradorlik. ?? |
| Eslatma: | Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5322) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/62983 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)