qizi, Qadamova Dilnura Olimjon (2025) Stomitit: Etiologiya, klinik koʻrinishi va davolash usullari. Multidisciplinary Journal of Science and Technology.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Stomatit – bu ogʻiz shilliq qavatining yalligʻlanish kasalligi boʻlib, turli etiologik omillar taʼsirida kelib chiqadi. Kasallikning rivojlanishida infeksion agentlar (viruslar, bakteriyalar, zamburugʻlar), mexanik, kimyoviy va termal shikastlar, shuningdek, allergik reaktsiyalar, immunitet tizimining zaiflashuvi, gigiyena qoidaalariga rioya qilmaslik va sistemali patologiyalar (qandli diabet, anemiyalar, vitamin yetishmovchiliklari) muhim ahamiyatga ega. Stomatitning klinik koʻrinishi juda xilma-xil boʻlib, ogʻiz boʻshligʻida giperemiya, shish, ogʻriq, qichishish hissi va elementlar (aftalar, eroziyalar, yaralar) paydo boʻlishi bilan tavsiflanadi. Kasallikning ogʻirlik darajasi va klinik kechish turiga qarab, lokal va sistemali davolash usullari qoʻllaniladi. Zamonaviy davolash strategiyasi etiologik omilni bartaraf etish, yalligʻlanish belgilarini kamaytirish, ogʻriqni nazorat qilish va asoratlarning oldini olishga qaratilgan. Ushbu maqolada stomatitning asosiy shakllari (kataral, aftoz, gerpes, kandidomikoz, allergik), ularning differensial diagnostikasi, shuningdek, zamonaviy terapevtik yondashuvlar, jumladan, antiseptik va antimikrob preparatlar, immunomodulyatorlar, keratoplastik moddalar va yangi fizioterapevtik usullar tahsil etilgan.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email qizi, Qadamova Dilnura Olimjon UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | Multidisciplinary Journal of Science and Technology |
| Nashriyot: | Center for Tech and Media Research |
| Sana: | 30 Sentabr 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5069 |
| Kalit so'zlar: | stomatit; etiologiya; klinik koʻrinish; aftoz stomatit; gerpes |
| Mavzular: | ?? stomatit ?? ?? etiologiya ?? ?? klinik koʻrinish ?? ?? aftoz stomatit ?? ?? gerpes ?? |
| Eslatma: | Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/5069) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/62525 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)