MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA INNOVATSION MENEJMENT USULLARINI JORIY QILISH

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab Journal of Universal Science Research jurnalida nashr etilgan.

Shamsiyeva, Nigina (2026) MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA INNOVATSION MENEJMENT USULLARINI JORIY QILISH. Journal of Universal Science Research.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion menejmentning mazmuni, uning zaruriyati, joriy qilish bosqichlari hamda takomillashtirish yoʻllari tahlil etiladi. Innovatsion boshqaruv texnologiyalarining taʼlim sifati va pedagogik jarayon samaradorligiga taʼsiri yoritiladi.
     Bugungi globallashuv davrida maktabgacha taʼlim tizimi oldida yangi pedagogik yondashuvlar, boshqaruv mexanizmlari va taʼlim jarayonini tashkil etishning zamonaviy vositalarini qoʻllash talabi kuchaymoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion menejmentni joriy qilish nafaqat taʼlim sifati, balki pedagoglar faoliyat samaradorligini oshirishda ham muhim omil hisoblanadi. Shu bois innovatsion boshqaruv texnologiyalarini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir.
      Zamonaviy taʼlim jarayoni jadal yangilanayotgan sharoitda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida innovatsion menejmentning ahamiyati keskin ortmoqda. Innovatsion menejment – bu taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, boshqaruv usullari va raqamli vositalarni integratsiya qilish orqali tashkilot rivojlanishini taʼminlovchi boshqaruv tizimidir. U taʼlim sifatini oshirish, bolalarning har tomonlama rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishda muhim oʻrin tutadi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Shamsiyeva, Nigina
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: Journal of Universal Science Research
Nashriyot: "Research Science and Innovation house" LLC
Sana: 28 Yanvar 2026
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/16399
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/16399)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/62045
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]