Sh.D.Ismoilova., Sh.I.Qòchqarova (2025) QALQONSIMON BEZ FAOLIYATINING MODDALAR ALMASHINUVI JARAYONLARIGA TA’SIRI. Multidisciplinary Journal of Science and Technology.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Qalqonsimon bez inson organizmidagi moddalar almashinuvini boshqaruvchi asosiy endokrin bezlardan biri bo‘lib, uning ajratadigan gormonlari — tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) — hujayra darajasida energiya ishlab chiqarish, oqsil sintezi, yog‘ va uglevod almashinuvini tartibga soladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, qalqonsimon bez kasalliklari dunyo bo‘yicha aholining taxminan 5–7% ida uchraydi, shundan gipotiroidizm 3,5% ni, gipertiroidizm esa 1–2% ni tashkil etadi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan ayrim tadqiqotlarda esa qalqonsimon bez faoliyati buzilishlari aholining 6–8% ida uchrashi aniqlangan.Ushbu maqolada qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga keladigan metabolik o‘zgarishlar, ularning klinik belgilari, diagnostik usullari hamda o‘z vaqtida davolashning ahamiyati yoritilgan. Adabiyotlar tahlili orqali gipotiroidizm va gipertiroidizmning lipid, uglevod va oqsil almashinuvi, tana harorati va energiya ishlab chiqarish jarayonlariga ta’siri batafsil ko‘rib chiqildi. Natijalar qalqonsimon bez faoliyatini muntazam nazorat qilish va erta tashxis qo‘yish moddalar almashinuviga bog‘liq kasalliklarning oldini olishda muhim ekanligini ko‘rsatdi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Sh.D.Ismoilova. UNSPECIFIED Sh.I.Qòchqarova UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | Multidisciplinary Journal of Science and Technology |
| Nashriyot: | Center for Tech and Media Research |
| Sana: | 18 Avgust 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/4750 |
| Kalit so'zlar: | Qalqonsimon bez buzilishi, moddalar almashinuvi, gipotiroidizm, gipertiroidizm, qalqonsimon bez gormonlari, bazal almashinuv tezligi, yog‘ almashinuvi, uglevod almashinuvi, endokrin tizim, gormonal nomutanosiblik. |
| Mavzular: | ?? Qalqonsimon bez buzilishi, moddalar almashinuvi, gipotiroidizm, gipertiroidizm, qalqonsimon bez gormonlari, bazal almashinuv tezligi, yog‘ almashinuvi, uglevod almashinuvi, endokrin tizim, gormonal nomutanosiblik. ?? |
| Eslatma: | Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/4750) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/62036 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)