qizi, Po‘latjonova Intizora Nazirjon, Botirxonovich, Shokirxanov Baxtiyorxon (2025) O’ZBEKISTONDA XOR SAN’ATINING RIVOJLANISHI. Multidisciplinary Journal of Science and Technology.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
O‘zbekistonda professional xor san’ati 20-asr boshlarida shakllanib, asta-sekin rivojlandi. Dastlab xor san’atini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar mavjud bo‘lmagan bo‘lsa-da, rus va o‘zbek musiqachilarining hamkorligi, xor ijrosini o‘z ichiga olgan opera va dramatik asarlarning yaratilishi bu yo‘nalishga mustahkam poydevor yaratdi. 1930–40-yillarda “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Gulsara” kabi operalarda xor elementlari paydo bo‘ldi. 1936-yilda O‘zbekiston radiosi va Davlat Filarmoniyasi qoshida xor jamoalari tuzildi, ular Moskvadagi dekadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
1940–50-yillar xor ijrochiligi uchun muhim davr bo‘lib, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi kontata, syuita va xor asarlari yaratildi. M.Ashrafiy, S.Yudakov, M.Burxonov, T.Sodiqov, A.Kozlovskiy kabi kompozitorlar xor janrining yuksalishiga katta hissa qo‘shdilar. 1952-yilda birinchi professional xor kapellasi tashkil etilib, a’kapella janrining rivoji boshlandi. 1960-yillarda O‘zbekiston radio va televideniyesi qoshida Milliy xor jamoasi faoliyat boshladi.
Keyingi yillarda xor san’ati ko‘p ovozli murakkab shakllarda – kontata, oratoriya, ballada va a’kapella janrlarida boyidi. Xalq qo‘shiqlarini xor uchun moslashtirish va o‘quv dasturlariga kiritish orqali xor ijrosi ommalashtirildi. B.Umidjonov, S.Boboev, I.Akbarov, M.Burxonov, M.Ashrafiy kabi ijodkorlarning faoliyati xor san’atining mustahkam rivojlanishiga zamin yaratdi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email qizi, Po‘latjonova Intizora Nazirjon UNSPECIFIED Botirxonovich, Shokirxanov Baxtiyorxon UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | Multidisciplinary Journal of Science and Technology |
| Nashriyot: | Center for Tech and Media Research |
| Sana: | 26 Iyul 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/4627 |
| Kalit so'zlar: | Xor san’ati, o‘zbek musiqasi, xor ijrochiligi, an’anaviy va zamonaviy musiqa, musiqa ta’limi, xor jamoalari, o‘zbek kompozitorlari, madaniyat va san’at, vokal ansambllar |
| Mavzular: | ?? Xor san’ati, o‘zbek musiqasi, xor ijrochiligi, an’anaviy va zamonaviy musiqa, musiqa ta’limi, xor jamoalari, o‘zbek kompozitorlari, madaniyat va san’at, vokal ansambllar ?? |
| Eslatma: | Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/4627) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/61805 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)