MIOKARD INFARKTI: ZAMONAVIY DAVOLASH YONDASHUVLARI VA REABILITATSIYA

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab Multidisciplinary Journal of Science and Technology jurnalida nashr etilgan.

qizi, Abdug’ofirova Xonzoda Iqboljon (2025) MIOKARD INFARKTI: ZAMONAVIY DAVOLASH YONDASHUVLARI VA REABILITATSIYA. Multidisciplinary Journal of Science and Technology.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Miokard infarkti – bu yurak mushagining bir qismi qon bilan yetarli darajada ta’minlanmay qolishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir va hayot uchun xavfli holatdir. Bugungi kunda miokard infarkti butun dunyo bo‘yicha o‘limga olib keluvchi kasalliklar ichida yetakchi o‘rinni egallaydi. Kasallikning asosiy sababi koronar arteriyalarda aterosklerotik blyashkalar hosil bo‘lishi va shu blyashkalar yorilib, tromb hosil qilishi natijasida qon aylanishining to‘silib qolishidir. Miokard infarktining erta aniqlanishi va zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilishi hayotni saqlab qolish uchun nihoyatda muhimdir. Zamonaviy davolash yondashuvlari bu kasallikda kompleks tarzda olib boriladi. Farmakoterapiyada antitrombotik dorilar, beta-blokatorlar, nitratlar va statinlar keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, invaziv usullar, masalan, koronar angioplastika va stentlash operatsiyalari orqali koronar qon aylanishi qayta tiklanadi. Shuningdek, aorta-koronar shuntlash operatsiyasi ham og‘ir holatlarda qo‘llaniladi. Miokard infarktini boshidan o‘tkazgan bemorlar uchun reabilitatsiya jarayoni ham juda muhim bo‘lib, ularning jismoniy va ruhiy holatini tiklashga xizmat qiladi. Reabilitatsiya bemorning hayot sifatini yaxshilash, kasallikning qaytalanishining oldini olish va ijtimoiy faoliyatga qaytarish uchun zarur bosqich hisoblanadi. Ushbu maqolada miokard infarktining zamonaviy davolash usullari va reabilitatsiya yo‘nalishlari keng yoritib beriladi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
qizi, Abdug’ofirova Xonzoda Iqboljon
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: Multidisciplinary Journal of Science and Technology
Nashriyot: Center for Tech and Media Research
Sana: 25 Iyul 2025
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/4623
Kalit so'zlar: Miokard infarkti, koronar arteriyalar, ateroskleroz, tromboz, kardial markerlar, troponin, CK-MB, mioglobin, EKG, koronar angioplastika, stentlash, aorta-koronar shuntlash, farmakoterapiya, reabilitatsiya, stressni kamaytirish, chekishdan voz kechish, profilaktika, yurak sog‘ligi, zamonaviy davolash, ikkilamchi profilaktika.
Mavzular: ?? Miokard infarkti, koronar arteriyalar, ateroskleroz, tromboz, kardial markerlar, troponin, CK-MB, mioglobin, EKG, koronar angioplastika, stentlash, aorta-koronar shuntlash, farmakoterapiya, reabilitatsiya, stressni kamaytirish, chekishdan voz kechish, pro ??
Eslatma: Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/4623)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/61794
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]