Xurshida, Qodirova (2025) O‘ZBEK XALQ ERTAKLARIDA AXLOQIY-ETIK QADRIYATLAR TAHLILI. Multidisciplinary Journal of Science and Technology.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklarida mujassam topgan axloqiy-etik qadriyatlar tizimi tahlil qilinadi. Ertaklar xalqning qadimiy ma’naviy merosi sifatida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan, tarbiyaviy va axloqiy funksiyaga ega og‘zaki badiiy janrdir. Mazkur ilmiy ishda aynan xalq ertaklarida aks etgan halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzt, yolg‘on va hiylaga nisbatan salbiy munosabat kabi asosiy axloqiy g‘oyalarning ifodalanish uslublari tahlil etiladi. Shuningdek, ertak qahramonlarining xatti-harakatlari orqali axloqiy me’yorlarning qanday targ‘ib qilinishi o‘rganiladi. Maqolaning asosiy maqsadi – xalq og‘zaki ijodining bolalar va yoshlar tarbiyasidagi o‘rnini aniqlash, ertaklar orqali milliy qadriyatlar qanday uzatilganini ochib berishdan iborat. Tadqiqot natijalari o‘zbek xalqining axloqiy tafakkuri va ma’naviy-ma’rifiy an’analarining shakllanishi jarayonini anglashga xizmat qiladi
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Xurshida, Qodirova UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | Multidisciplinary Journal of Science and Technology |
| Nashriyot: | Center for Tech and Media Research |
| Sana: | 24 Iyun 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/4357 |
| Kalit so'zlar: | O‘zbek xalq ertaklari; axloqiy qadriyatlar; etik me’yorlar; xalq og‘zaki ijodi; badiiy obraz |
| Mavzular: | ?? O‘zbek xalq ertaklari ?? ?? axloqiy qadriyatlar ?? ?? etik me’yorlar ?? ?? xalq og‘zaki ijodi ?? ?? badiiy obraz ?? |
| Eslatma: | Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/4357) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/61238 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)