Ismatullayevna, Yormatova Mahliyo (2025) MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNING OʻYIN FAOLIYATI. Multidisciplinary Journal of Science and Technology.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yin faoliyatining ahamiyati, ularning rivojlanishidagi o‘rni va ta’sir mexanizmlari tahlil qilingan. O‘yin faoliyati bolaning tabiiy ehtiyoji va rivojlanishining asosiy vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada rolli o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, konstruktiv o‘yinlar kabi turli shakllar va ularning bola shaxsiyatiga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur o‘rganiladi. Bolalarning aqliy va ijtimoiy rivojlanishida o‘yin faoliyatining o‘rni, shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali tashkil etilayotgan o‘yinlarning ijobiy va salbiy jihatlari muhokama qilingan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar, metodik yondashuvlar va tarbiyachining roli haqida amaliy tavsiyalar berilgan.
Maqolada shuningdek, o‘yin faoliyatining ijtimoiylashuv jarayonidagi ahamiyati, bolaning mustaqil fikrlash, muloqot qilish, axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirish kabi jihatlariga urg‘u beriladi. Tadqiqot davomida o‘yin faoliyatining zamonaviy yondashuvlar asosida shakllanishi, ta’lim-tarbiyadagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Ismatullayevna, Yormatova Mahliyo UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | Multidisciplinary Journal of Science and Technology |
| Nashriyot: | Center for Tech and Media Research |
| Sana: | 1 May 2025 |
| DOI / ID: | oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/3323 |
| Kalit so'zlar: | Maktabgacha yosh, o‘yin faoliyati, bola rivojlanishi, shaxsiy kamolot, rolli o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, konstruktiv o‘yinlar, o‘yin orqali o‘rgatish, zamonaviy texnologiyalar, raqamli o‘yinlar, ta’limda o‘yin metodikasi, psixologik rivojlanish, ijtimoiy moslashuv, bolalar psixologiyasi, innovatsion ta’lim yondashuvlari, pedagogik faoliyat, o‘yin muhiti, didaktik o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ijtimoiy tajriba, tafakkurni rivojlantirish, harakat koordinatsiyasi, inklyuziv o‘yin faoliyati, ijtimoiy rollar, muloqot ko‘nikmalari |
| Mavzular: | ?? Maktabgacha yosh, o‘yin faoliyati, bola rivojlanishi, shaxsiy kamolot, rolli o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, konstruktiv o‘yinlar, o‘yin orqali o‘rgatish, zamonaviy texnologiyalar, raqamli o‘yinlar, ta’limda o‘yin metodikasi, psixologik rivojlanish, ijtimoi ?? |
| Eslatma: | Imported from MJST Journal (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/3323) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/58753 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)