KONSERVANTLARNING KO'Z SHILLIQ QAVATIGA TA'SIRI, PH MUVOZANATI VA OSMOTIK BOSIMNI OPTIMALLASHTIRISH

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab South Aral Region Medical Journal jurnalida nashr etilgan.

Maxamatova, Umidaxon (2026) KONSERVANTLARNING KO'Z SHILLIQ QAVATIGA TA'SIRI, PH MUVOZANATI VA OSMOTIK BOSIMNI OPTIMALLASHTIRISH. South Aral Region Medical Journal.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Ushbu maqolada ko‘z uchun qo‘llaniladigan oftalmik dori vositalarida konservantlar, pH muvozanati va osmotik bosimning ahamiyati kompleks tarzda tahlil qilindi. Zamonaviy farmakologiyada ko‘z tomchilari va boshqa oftalmik preparatlar keng qo‘llanilishi bilan birga, ularning xavfsizligi va bemorlar tomonidan qabul qilinishi muhim klinik masala bo‘lib qolmoqda. Konservantlar preparatning mikrobiologik barqarorligini ta’minlasa-da, ularning uzoq muddatli qo‘llanilishi ko‘z yuzasi epiteliysiga toksik ta’sir ko‘rsatib, quruqlik, qizarish, achishish va yallig‘lanish reaksiyalarini keltirib chiqarishi mumkinligi ilmiy adabiyotlarda keng yoritilgan. Shu sababli so‘nggi yillarda konservantsiz yoki minimal toksik konservantlarga ega bo‘lgan oftalmik preparatlarni ishlab chiqishga katta e’tibor qaratilmoqda. Maqolada shuningdek, ko‘z yoshi suyuqligining fiziologik pH darajasi bilan mos keladigan eritmalar bemorlar tomonidan yaxshi qabul qilinishi va nojo‘ya ta’sirlarni sezilarli darajada kamaytirishi tahlil qilindi. pH muvozanatining buzilishi esa ko‘zda tirnashish va reflektor noqulayliklarni kuchaytirishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Maxamatova, Umidaxon
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: South Aral Region Medical Journal
Nashriyot: South Aral Region Medical Journal
Sana: 16 May 2026
DOI / ID: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/601
Kalit so'zlar: Konservantlar; oftalmik preparatlar; ko‘z shilliq qavati; pH muvozanati; osmotik bosim
Mavzular: ?? Konservantlar ??
?? oftalmik preparatlar ??
?? ko‘z shilliq qavati ??
?? pH muvozanati ??
?? osmotik bosim ??
Eslatma: Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/601)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/54798
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]