G‘O‘ZA SELEKSIYASIDA UZOQ SHAKLLARNI DURAGAYLASH

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab Journal of Universal Science Research jurnalida nashr etilgan.

J.B.Quziboyev (2023) G‘O‘ZA SELEKSIYASIDA UZOQ SHAKLLARNI DURAGAYLASH. Journal of Universal Science Research.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Paxta tolasini ishlab chiqarishni ko‘paytirish va sifatini yanada yaxshilash paxtachilikda  asosiy  muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal etishda  seleksioner olimlar faoliyatining roli kattadir.
Hozirgi kunda respublikamizda g‘o‘za seleksiyasi  bilan 20 ga yaqin ilmiy tadqiqot muassasalari shug‘ullanmoqdalar.
Seleksioner olimlarimiz tomonidan ko‘p yillik mashaqqatli mehnatlari  natijasida  ko‘plab  yuqori  hosilli,  tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlari  yo‘qori, kasalliklarga chidamli, ertapishar navlar yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan va mamlakatimizning katta maydonlarida ekilmoqda.
Har xil turlar va turkumlarga mansub bo‘lgan o‘simliklarni duragaylash uzoq shakllarni duragaylash deb ataladi. Masalan, yumshoq bug‘doy bilan qattiq bug‘doyni, o‘rta tolali g‘o‘za bilan ingichka tolali g‘o‘zani, kungaboqar bilan topinamburni, oddiy so‘li bilan vizantiya so‘lisini, madaniy kartoshka bilan yovvoyi kartoshka turini chatishtirish turlararo duragaylashga, bug‘doy bilan javdarni, bug‘doy bilan bug‘doyiqni, olma bilan nokni, arpa bilan elemusni, kartoshka bilan pomidorni chatishtirish turkumlar aro duragaylashga kiradi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
J.B.Quziboyev
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: Journal of Universal Science Research
Nashriyot: "Research Science and Innovation house" LLC
Sana: 8 Sentabr 2023
DOI / ID: oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/1887
Kalit so'zlar: paxta, tola, sifat, kasallik, zararkunanda, qurg‘oqchilik, chidamli nav, oqsil, kraxmal, moy, vitamin, uzoq shakllarni duragaylash.
Mavzular: ?? paxta, tola, sifat, kasallik, zararkunanda, qurg‘oqchilik, chidamli nav, oqsil, kraxmal, moy, vitamin, uzoq shakllarni duragaylash. ??
Eslatma: Imported from Universal Publishings (OAI id oai:ojs.pkp.sfu.ca:article/1887)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/54699
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]