Babadjanova, Faniya, Muyassar, Sultanova (2026) BOLALAR VA O‘SMIRLARDA METABOLIK SINDROMINING ZAMONAVIY JIHATLARI. South Aral Region Medical Journal.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Bugungi kunda bolalar va o‘smirlar orasida metabolik sindrom (MS) tarqalishining ortib borishi global miqyosdagi dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammo sifatida qaralmoqda. Ilgari faqat kattalar orasida uchraydigan ushbu patologik holat hozirgi kunda yosh avlod salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bolalik davrida noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik yetishmasligi, stress va ekologik omillar metabolik buzilishlarning erta rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar semirish, arterial gipertenziya, dislipidemiya va insulin rezistentligi holatlarining ko‘payganini tasdiqlaydi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, metabolik sindrom rivojlanishida genetik moyillik bilan bir qatorda, ovqatlanish xususiyatlari, gipodinamiya va perinatal davrdagi oziqlanish buzilishlari muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, homila davrida yoki erta bolalikda oziqa moddalarning yetishmovchiligi mitoxondrial faoliyatning pasayishiga, keyinchalik esa insulin sekresiyasi va yog‘ almashinuvi buzilishlariga olib keladi. Shuningdek, adenovirusli infeksiya, abdominal semirish va gormonal disbalanslar MS patogenezining muhim bo‘g‘inlari sifatida qaraladi. Zamonaviy pediatriyada MS diagnostikasi uchun yagona mezonlar tizimi hali to‘liq shakllanmagan bo‘lsa-da, IDF (2005, 2007) tavsiyalariga ko‘ra abdominal semirish asosiy diagnostik belgi sifatida e’tirof etiladi. Shu bilan birga, insulin rezistentligi, dislipidemiya va arterial gipertenziya kabi laborator va klinik ko‘rsatkichlarning majmuaviy bahosi eng ishonchli yondashuv hisoblanadi.
Metabolik sindromning erta aniqlanishi, xavf omillarini bartaraf etish va bolalikdan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kelajakda yurak-qon tomir kasalliklari, 2-tur diabet va boshqa xronik patologiyalarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, ushbu sindromning patogenezini chuqur o‘rganish, erta diagnostika mezonlarini takomillashtirish hamda samarali profilaktik strategiyalarni ishlab chiqish zamonaviy pediatriyaning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Babadjanova, Faniya UNSPECIFIED Muyassar, Sultanova UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | South Aral Region Medical Journal |
| Nashriyot: | South Aral Region Medical Journal |
| Sana: | 16 Fevral 2026 |
| DOI / ID: | oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/332 |
| Kalit so'zlar: | metabolik sindrom; bolalar; o‘smirlar; semirish; insulin rezistentligi |
| Mavzular: | ?? metabolik sindrom ?? ?? bolalar ?? ?? o‘smirlar ?? ?? semirish ?? ?? insulin rezistentligi ?? |
| Eslatma: | Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/332) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/52705 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)