Usmanov, Ulug’bek (2026) O'TKIR OBSTRUKTIV YIRINGLI XOLANGIT BILAN OG'RIGAN BEMORDA CLOSTRIDIUM PERFRINGENS VA ESCHERICHIA COLI BAKTERIEMIYASI. South Aral Region Medical Journal.
To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.Annotatsiya
Annotatsiya. Sog‘lom odamda normal sharoitda o‘t steril bo‘ladi, ammo u mikroblar bilan ifloslanganda 70-80% xolatda E.coli, Enterococcus, kamroq esa K.pneumoniae, Enterobacter, shu bilan birgalikda Salmonella lar xam uchrashi mumkin. Anaerob mikroorganizmlardan Clostridium perfringens, o‘t-tosh kasalligining 10-20% da esa Peptococcaceae vakillari uchraydi. Ba’zi hollarda esa aralash aerob va anaerob infeksiyalar xam uchraydi. Clostridium perfringens 15-20 dan ortiq turli xil toksinlar ishlab chiqarish orqali sepsisga olib kelishi mumkin, shu jumladan α-toksin bu esa gemoliz (qon hujayralarining parchalanishi)ga olib keladi va juda og‘ir oqibatga olib keladi. Clostridium perfringens hayvonlarda nekrotik enterit va travmatik gangrenaning asosiy sababi hisoblanadi. Ayrim holatlarda ushbu bakteriya o‘t yo‘llarining infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarda keskin gazli xoletsistit (emfizematoz xoletsistit) ga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq C. perfringens bakteriyasining boshqa aerob bakteriyalar (masalan, E. coli) bilan birgalikda qon orqali tarqalishi natijasida yuzaga keladigan miks infeksiyasi juda kam uchraydi va ko‘pincha og‘ir oqibatlarda yakun topadi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Usmanov, Ulug’bek UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | South Aral Region Medical Journal |
| Nashriyot: | South Aral Region Medical Journal |
| Sana: | 7 Fevral 2026 |
| DOI / ID: | oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/148 |
| Kalit so'zlar: | Anaerob infektsiyalar; koinfektsiya; bakterial infektsiyalar; Escherichia coli; bakteriemiya |
| Mavzular: | ?? Anaerob infektsiyalar ?? ?? koinfektsiya ?? ?? bakterial infektsiyalar ?? ?? Escherichia coli ?? ?? bakteriemiya ?? |
| Eslatma: | Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/148) |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/51742 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)