PRENATAL STRESS SHAROITIDA TUG‘ILGAN AVLOD BOSH MIYASIDAGI QADOQSIMON TANA TUZILMASIDAGI POSTNATAL ONTOGENEZ DINAMIKASIDAGI MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK O‘ZGARISHLARI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab South Aral Region Medical Journal jurnalida nashr etilgan.

Polvonov, G‘ayrat, Adilbekova, Dilorom, Nazarova, Malohat (2026) PRENATAL STRESS SHAROITIDA TUG‘ILGAN AVLOD BOSH MIYASIDAGI QADOQSIMON TANA TUZILMASIDAGI POSTNATAL ONTOGENEZ DINAMIKASIDAGI MORFOLOGIK VA MORFOMETRIK O‘ZGARISHLARI. South Aral Region Medical Journal.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Mazkur maqolada prenatal stress omillarining bosh miyaning asosiy komissural strukturasi hisoblangan qadoqsimon tananing (corpus callosum) postnatal ontogenez davomida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlariga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot uchun tajriba hayvonlari sifatida kalamushlar tanlanib, ularning homilador urg‘ochilari maxsus stress holatlari (immobilizatsiya, shovqin va yorug‘lik o‘zgarishlari)ga duchor qilingan. Natijada yuzaga kelgan prenatal stress omillarining avlodlarida qadoqsimon tananing postnatal rivojlanish dinamikasiga ta’siri turli yosh bosqichlarida (1-, 7-, 14-, 21- va 30-kunlarda) morfologik va morfometrik usullar orqali tahlil qilindi.Olingan natijalar prenatal stress qadoqsimon tana rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Xususan, bu strukturada miya yarimsharlari orasidagi nerv tolalari miqdorining kamayishi, aksonlarning ingichkalashuvi, mielin qavatining noyetukligi va neyroglial hujayralarning giperaktivligi bilan ifodalangan o‘zgarishlar aniqlangan. Morfometrik ko‘rsatkichlarda esa qadoqsimon tananing qalinligi, uzunligi va transversal kesimidagi yuzasi stressga uchragan guruhlarda nazorat guruhiga nisbatan ancha kichik bo‘lgan. Ushbu o‘zgarishlar markaziy asab tizimining funksional integratsiyasiga va kognitiv faoliyatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Mazkur tadqiqot prenatal davrdagi stressning miyaning muhim strukturaviy birliklaridan biri bo‘lgan qadoqsimon tanaga rivojlanish bosqichlarida qanday ta’sir qilishini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, perinatal stressning neyroanatomik oqibatlarini tushunishda muhim ilmiy asos vazifasini bajaradi. Tadqiqot natijalari stress bilan bog‘liq neyro-rivojlanish buzilishlari, ayniqsa autizm spektri va diqqat yetishmovchiligi sindromlari kabi holatlarning kelib chiqish mexanizmlarini chuqurroq anglash uchun asos bo‘la oladi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Polvonov, G‘ayrat
UNSPECIFIED
Adilbekova, Dilorom
UNSPECIFIED
Nazarova, Malohat
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: South Aral Region Medical Journal
Nashriyot: South Aral Region Medical Journal
Sana: 2 Fevral 2026
DOI / ID: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/24
Kalit so'zlar: prenatal stress; oq kalamushlar; bosh miya qadoqsimon tanasi; postnatal ontogenez
Mavzular: ?? prenatal stress ??
?? oq kalamushlar ??
?? bosh miya qadoqsimon tanasi ??
?? postnatal ontogenez ??
Eslatma: Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/24)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/50362
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]