BARIATRIK JARROHLIKDAN KEYINGI MALABSORBSIYA SINDROMINI RIVOJLANISHI VA ERTA TASHXISLASH

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab South Aral Region Medical Journal jurnalida nashr etilgan.

Ishchanova, Nilufar, Satliqov, Rashid (2026) BARIATRIK JARROHLIKDAN KEYINGI MALABSORBSIYA SINDROMINI RIVOJLANISHI VA ERTA TASHXISLASH. South Aral Region Medical Journal.

To'liq matn arxivda mavjud emas — maqolaning asl manbasiga havola pastda berilgan.

Annotatsiya

Semizlik XXI asrning dolzarb global tibbiy muammolaridan biri bo‘lib, uni davolashda bariatrik jarrohlik eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Biroq jarrohlikdan keyingi davrda rivojlanadigan malabsorbsiya sindromi bemorlarning hayot sifati va uzoq muddatli klinik natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu tadqiqotning maqsadi bariatrik jarrohlikdan keyin rivojlanadigan malabsorbsiya sindromining klinik va laborator namoyon bo‘lishini baholash hamda uni erta tashxislash imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda 2023–2025 yillarda Xorazm viloyatidagi “Surgemed” va “Med Plaza” klinikalarida me’daning laparoskopik bo‘ylama rezeksiyasi o‘tkazilgan va operatsiyadan keyingi 3–12 oy oralig‘ida malabsorbsiya sindromi aniqlangan 60 nafar bemor kuzatildi. Klinik belgilar, laborator (umumiy va biokimyoviy qon tahlillari, vitamin va mikroelementlar darajasi) hamda instrumental tekshiruv natijalari tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, malabsorbsiya sindromi asosan 40–59 yoshdagi bemorlarda va ayollarda ko‘proq uchradi. Eng ko‘p aniqlangan yetishmovchiliklar vitamin D, temir va vitamin B12 bilan bog‘liq bo‘ldi. Xulosa qilib aytganda, bariatrik jarrohlikdan keyin malabsorbsiya sindromini erta aniqlash uchun muntazam klinik va laborator monitoring, shuningdek individual ovqatlanish rejasi va vitamin-mineral qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Ishchanova, Nilufar
UNSPECIFIED
Satliqov, Rashid
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: South Aral Region Medical Journal
Nashriyot: South Aral Region Medical Journal
Sana: 1 Fevral 2026
DOI / ID: oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/1
Kalit so'zlar: bariatrik jarrohlik
Mavzular: ?? bariatrik jarrohlik ??
Eslatma: Imported from URDTI Journal (OAI id oai:ojs2.journal.urdti.uz:article/1)
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/50059
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]