“GO`RO`G`LI” DOSTONLARI TURKUMIDA PARI OBRAZINING TALQINI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi jurnalida nashr etilgan.

Jaxongir Normatov, Jaxongir Normatov (2024) “GO`RO`G`LI” DOSTONLARI TURKUMIDA PARI OBRAZINING TALQINI. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 2 (1). pp. 162-164.

[thumbnail of 162-164_Jaxongir_Normatov_.pdf] PDF
162-164_Jaxongir_Normatov_.pdf - Published Version

Download (616kB)

Annotatsiya

Xalq dostonlari  mifologiyasida pari obrazining ko`plab turlari mavjud. Xususan, daryo, dengiz bo`yida yashovchi xalqlar mifologiyasida “Suv parisi” , quruqlikda, cho`llarda, adir va tog`li hududlarda yashovchi xalqlar mifologiyasida “Pari”, “Ajina”, “Jin”, “Alvasti ” tarzida namoyon bo`ladi. Har bir xalq o`z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda bu obrazlarni turli xilda gavdalantiradi. Ezgulikka xizmat qiluvchi va yovuzlik urug`ini tarqatuvchi, insonlarni aldab suvga g`arq qiluvchi parilar haqida miflar to`qishgan. Bugungi kunda ham suv parilari haqidagi turli videolar internet tarmoqlari bo`ylab ko`p tarqalgan. Insonlar orasida bu hodisalarga ishonch yo`qligi aytilsa ham, ich-ichidan bu miflarning haqiqatga yaqinligiga inonch hosil qilganlar. Buning boisi azaldan xalqlar etnonimida miflarning ahamiyati juda katta bo`lganligi va aynan shu miflarga ishonib ulg`aygan xalqning ong ostidagi sezimlaridadir. O`zbek xalqi bolalarni tarbiyalashda to`polon qilmasliklari uchun turli “Alvasti” va ”Ajina”lar haqida qo`rqinchi ertak, matallar orqali sho`x bolalarni tartibga chaqirgan. Suv bo`ylarida o`ynamasliklari uchun ularga “Suv parisi”, “Yalmog`iz” haqidagi miflarni aytib, yolg`iz o`zi suv bo`yiga bormaslik, kechqurunlari cho`milmaslik haqida ko`p uqtirganlar.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Jaxongir Normatov, Jaxongir Normatov
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi
Jild: 2
Soni: 1
Sahifalar: pp. 162-164
Sana: 28 Yanvar 2024
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/103520
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]