O‘ZBEK TILIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi jurnalida nashr etilgan.

Boborajabov Muhammadiqbol, Boborajabov Muhammadiqbol (2024) O‘ZBEK TILIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 2 (5). pp. 21-26.

[thumbnail of 21-26_Boborajabov_M_Yangi_UZB.pdf] PDF
21-26_Boborajabov_M_Yangi_UZB.pdf - Published Version

Download (426kB)

Annotatsiya

 
O‘zbek tilshunosligida frazeologik birliklar o‘zbek xalqining milliy mentaliteti, madaniyati, urf-odat va an’analarini o‘zida aks etuvchi eng asosiy til birligi hisoblanadi. O‘zbek tilidagi frazeologizmlarda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan milliy kiyimlar, narsa va buyumlar, iste’mol mahsulotlari, joy nomlari va hayvon nomlari ishtirok etadi. Masalan, Afrosiyobdan qolgan, yelkasi chopon ko‘rmagan, to‘ydan oldin nog‘ora chalmoq, lafzi halol, quloqqa azon aytmoq, belida belbog‘i bor, ola xurjun yelkasiga tushmoq, patir ushatmoq, paytavasiga qurt tushmoq, rizqini terib yemoq, supradagi unga qaramay tandirga o‘t qalamoq, Qo‘qonda tekkan dard, “puf”desa, Buxoroga uchadigan; xamir uchidan patir;  bosh omon bo‘lsa do‘ppi topilar, og‘ziga tolqon solmoq, nomusi bukildi, boshiga baxt qushi qo‘ndi, har kim o‘z aravasini tortmoq,atlas ko‘ylakka bo‘z yamoq, alifni kaltak deyolmaslik, zuvalasi pishiq, almisoqdan qolgan, kalavasini yo‘qotmoq, to‘rt tarafi qibla, anqoning urug‘i, diydor ko‘rishmoq, kavushini to‘g‘irlab qo‘ymoq, ko‘zlarining paxtasini chiqarmoq, sabr kosasi to‘lmoq, otdan tushsa ham egardan tushmaslik, otdan tushsa ham uzangidan tushmaslik, to‘nini teskari kiyib olmoq, imoni komil, ixlosini qaytarmoq, ixlos qo‘ymoq, tuya ko‘ridingmi yo‘q, tog‘ni tolqon qiladigan, qo‘lini bigiz qilmoq, zig‘ir yog‘day ko‘ngliga urmoq, do‘ppi ol desa,kalla olmoq, soyasiga ko‘rpacha solmoq, miridan sirigacha, onasini uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatmoq, dumi xurjunda kabilar [2].

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Boborajabov Muhammadiqbol, Boborajabov Muhammadiqbol
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi
Jild: 2
Soni: 5
Sahifalar: pp. 21-26
Sana: 4 May 2024
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/103391
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]