Suv tanqisligining Markaziy Osiyo davlatlariga ta’siri va uning oqibatlari

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH jurnalida nashr etilgan.

Safarov Bexruz Uktam ug’li, Bexruz (2024) Suv tanqisligining Markaziy Osiyo davlatlariga ta’siri va uning oqibatlari. CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH, 1 (10). pp. 83-88.

[thumbnail of 83-88.pdf] PDF
83-88.pdf - Published Version

Download (670kB)

Annotatsiya

Suv tanqisligi Markaziy Osiyo davlatlari uchun jiddiy ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammo hisoblanadi. Ushbu mintaqa, asosan, quruq iqlimi va cheklangan suv manbalari bilan ajralib turadi. Suv resurslarining kamayishi qishloq xo‘jaligiga, sanoat rivojiga va aholining yashash sharoitiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Maqolada suv tanqisligining sabablari, jumladan iqlim o‘zgarishi, aholi sonining ortishi va suvni boshqarishdagi muammolar tahlil qilinadi. Suv manbalaridan foydalanishning noaniqliklari natijasida mintaqda suv qarorlarini qabul qilishda hamkorlikning yo‘qligi aks etadi. Shuningdek, suv tanqisligining oqibatlari haqida ham so‘z yuritiladi: ekotizimlarning buzilishi, oziq-ovqat xavfsizligining pasayishi va iqtisodiy barqarorlikning zaiflashuvi. Ushbu masalalar nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari uchun, balki mintaqadagi boshqa davlatlar uchun ham global xavf tug'diradi. Maqolaning oxirida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash va barqaror rivojlanishga erishish uchun tavsiyalar beriladi. Bu tavsiyalar orasida transchegaraviy hamkorlikni kuchaytirish, suvni tejash texnologiyalarini joriy etish va ichki siyosatni takomillashtirish kabilar mavjud. Suv tanqisligini bartaraf etishda samarali strategiyalar ishlab chiqish zarurati ta'kidlanadi.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Safarov Bexruz Uktam ug’li, Bexruz
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: CONFERENCE OF NATURAL AND APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH
Jild: 1
Soni: 10
Sahifalar: pp. 83-88
Sana: 12 Oktabr 2024
Kalit so'zlar: Suv resurslari; iqlim o'zgarishi; Suv siyosati
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/103090
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]