Inson resurslarini samarali boshqarishda raqamli texnologiyalarning o`rni. (Hokim yordamchilari misolida)

ASL MANBA
Ushbu maqola dastlab Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan jurnalida nashr etilgan.

Palvanbayev Umidbek O‘ktam o‘g‘li, Palvanbayev Umidbek O‘ktam o‘g‘li (2024) Inson resurslarini samarali boshqarishda raqamli texnologiyalarning o`rni. (Hokim yordamchilari misolida). Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 2 (1). pp. 488-492. ISSN 2992-8869

[thumbnail of 488-492.pdf] PDF
488-492.pdf - Published Version

Download (627kB)

Annotatsiya

Inson resurslarini boshqarish tizimlarini raqamlashtirish iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida 2020-yil 28- aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarori1 qabul qilindi. Qarorning 6-ilovasida iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxatiga Inson resurslarini boshqarish tizimi (HRMS)ni hamda xodimlar faoliyatini baholash tizimi (KPI)ni joriy etish vazifasi qo‘yilgan. HRMS - bu xodimlarni boshqarish tizimi. Ushbu tizim kompaniyalar o‘zlarining ichki HR funksiyalarini boshqarish uchun foydalanadigan dasturlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Xodimlar ma’lumotlarini boshqarishdan ish haqi, ishga olish, imtiyozlarni boshqarish, o‘qitish, HR boshqaruvi, xodimlarni jalb qilish va ishga qatnashish kabi vazifalarni bajaruvchi HRMS dasturi HR mutaxassislariga iste’dodlarni boshqarish bo‘yicha keng ko‘lamli faoliyatni amalga oshirishga yordam beradi. HRMS tizimlari, shuningdek, Inson Resurslari Axborot Tizimlari (HRIS) deb ham ataladi, chunki ular kompaniyaning eng qimmatli resurslari haqidagi barcha ma’lumotlarni ularga muhtoj bo‘lgan odamlarga taqdim etadi. Kechagi HR va HRIS tizimlari bugungi kunda inson kapitalini boshqarish uchun bulutli texnologiyaga asoslangan yechimlarga aylanmoqda.

Hujjat turi: Maqola
Mualliflar:
Muallif
Email
Palvanbayev Umidbek O‘ktam o‘g‘li, Palvanbayev Umidbek O‘ktam o‘g‘li
UNSPECIFIED
Jurnal / Nashr: Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan
Jild: 2
Soni: 1
Sahifalar: pp. 488-492
Sana: 24 Yanvar 2024
ISSN: 2992-8869
URI: https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/102014
Amallar
[pin missing: title]
[pin missing: title]