Sharipova , Zulayho (2024) TARMOQLARARO KLASTERLAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH USLUBIYATI. "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2 (10). pp. 20-24.
Sharipova_Zulayho_20-24_XXI.pdf - Published Version
Download (380kB)
Annotatsiya
Ma’lumki, tarmoqlararo klaster ish faoliyatini baholash vaqt o‘tishi bilan uning o‘zgarishini tahlil qilish bo‘lib hisoblanadi. Tarmoqlararo klasterlar samaradorligini baholash orqali ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar samaradorligini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Tarmoqlararo klaster korxonalar samaradorligi - ishlab chiqarish miqyosidagi iqtisodiyot tamoyilidan strategik iqtisodiyotning kengroq tamoyiliga o‘tish bilan tavsiflangan umumiy samaradorlikni aniqlashga xos yondashuv bo‘lib, uning asosini klaster shakllanishidagi turli ishtirokchilarni o‘zaro yordami tashkil etadi. Ushbu klasterlar samaradorligini baholash bo‘yicha turli yondashuvlar mavjud. Xususan, ular samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy ishlarni tahlil qilishda mavjud yondashuvlar xilma-xil yo‘nalishlarga ega. Samaradorlik mezoni sifatida baholash ishlab chiqarishning umumiy hajmi, xarajatlarni tejash, innovatsiya darajasi, korxonalar samaradorligi va boshqa ko‘rsatkichlar asosida ko‘rib chiqiladi [1]. Unda asosan, sotish hajmi, klaster mahsulotlarini eksport qilish hajmi, tadqiqot va ishlab chiqish xarajatlari, patentlar mavjudligi va boshqalar tahlil qilinadi. Shu orqali klaster faoliyatini baholash qiyosiy xususiyatga ega bo‘ladi.
| Hujjat turi: | Maqola |
|---|---|
| Mualliflar: | Muallif Email Sharipova , Zulayho UNSPECIFIED |
| Jurnal / Nashr: | "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi |
| Jild: | 2 |
| Soni: | 10 |
| Sahifalar: | pp. 20-24 |
| Sana: | 7 Oktabr 2024 |
| URI: | https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/100661 |
![[pin missing: title]](/style/images/action_view.png)