<mods:mods xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" version="3.3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3"><mods:titleInfo><mods:title>Metodikaning zamonaviy ko‘rinishlari</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Fayzullayeva Zulfiya Ikmetovna</mods:namePart><mods:namePart type="family">Fayzullayeva Zulfiya Ikmetovna</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Tabiat va jamiyat hodisalarining, jarayonlarining mohiyatini bilish, ularning o‘ziga xosliklarini, jihatlarini, belgi-xususiyatlarini aniqlash va ular haqida ob’yektiv ilmiy-falsafiy g‘oyalar, umumlashmalar chiqarish faqat muayyan tadqiqot metodlarini qo‘llash orqali amalga oshadi. Metod umumiy-falsafiy ma’noda qo‘llanishidan tashqari u tor (xususiy) ma’noda ham qo‘llanadi. Falsafiy metod barcha fanlarga xos bo‘lib, dialektik metod nomi bilan yuritiladi. Dialektik metod mavjud fanlar uchun metodologiya – metodologik asos vazifasini o‘taydi. Hozirda metodologiya fanlarda qo‘llanadigan xilma-xil metodlar, tahlil usullari haqidagi ta’limot emas, balki tadqiqotchining tadqiq manbaini qanday tushunishini, unga qanday yondashishini, tadqiqotdan qanday maqsadni ko‘zlashini anglatadi. Har bir metod qanday metod – falsafiy yoki fanga oid bo‘lishidan qat’iy nazar har birining ish olib borish metodikasi – tadqiq manbaini tekshirish usuli bo‘ladi. Metodika tadqiqotchining amaliy ishlash sistemasi bo‘lib, u faktlarni to‘plash, o‘rganish, umumlashtirish usullarini nazarda tutadi.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2024-03-14</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:genre>Maqola</mods:genre></mods:mods>