%0 Journal Article %A Fayzullayeva Zulfiya Ikmetovna, Fayzullayeva Zulfiya Ikmetovna %D 2024 %F arxiv:97069 %J CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD %K metod, falsafiy metod, xususiy metod, metodologiya, metodika %N 2 %P 36-38 %T Metodikaning zamonaviy ko‘rinishlari %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/97069/ %V 1 %X Tabiat va jamiyat hodisalarining, jarayonlarining mohiyatini bilish, ularning o‘ziga xosliklarini, jihatlarini, belgi-xususiyatlarini aniqlash va ular haqida ob’yektiv ilmiy-falsafiy g‘oyalar, umumlashmalar chiqarish faqat muayyan tadqiqot metodlarini qo‘llash orqali amalga oshadi. Metod umumiy-falsafiy ma’noda qo‘llanishidan tashqari u tor (xususiy) ma’noda ham qo‘llanadi. Falsafiy metod barcha fanlarga xos bo‘lib, dialektik metod nomi bilan yuritiladi. Dialektik metod mavjud fanlar uchun metodologiya – metodologik asos vazifasini o‘taydi. Hozirda metodologiya fanlarda qo‘llanadigan xilma-xil metodlar, tahlil usullari haqidagi ta’limot emas, balki tadqiqotchining tadqiq manbaini qanday tushunishini, unga qanday yondashishini, tadqiqotdan qanday maqsadni ko‘zlashini anglatadi. Har bir metod qanday metod – falsafiy yoki fanga oid bo‘lishidan qat’iy nazar har birining ish olib borish metodikasi – tadqiq manbaini tekshirish usuli bo‘ladi. Metodika tadqiqotchining amaliy ishlash sistemasi bo‘lib, u faktlarni to‘plash, o‘rganish, umumlashtirish usullarini nazarda tutadi.