<mods:mods xsi:schemaLocation="http://www.loc.gov/mods/v3 http://www.loc.gov/standards/mods/v3/mods-3-3.xsd" version="3.3" xmlns:xsi="http://www.w3.org/2001/XMLSchema-instance" xmlns:mods="http://www.loc.gov/mods/v3"><mods:titleInfo><mods:title>ABU ABBOS MAROKESHIY: MATEMATIKA, ASTRONOMIYA VA TILSHUNOSLIK SOHALARIDAGI ILMIY MEROSINING TADQIQI</mods:title></mods:titleInfo><mods:name type="personal"><mods:namePart type="given">Azizov Mirzabobur</mods:namePart><mods:namePart type="family">Azizov Mirzabobur</mods:namePart><mods:role><mods:roleTerm type="text">author</mods:roleTerm></mods:role></mods:name><mods:abstract>Ushbu maqolada XIII–XIV asrlarda yashab ijod qilgan mashhur mag‘riblik olim — Abu Abbos Marokeshiy ning ko‘p qirrali ilmiy merosi tahlil qilinadi. U matematika, astronomiya, balog‘at, til va falsafa sohalarida ellikdan ortiq asarlar yaratgan. Maqolada uning matematikaga oid asarlarining ahamiyati va ular orqali Mag‘rib mintaqasida algebra hamda geometriya rivojiga qo‘shgan hissasi bayon etiladi. Shuningdek, “Kitab al-anva”, “Al-Yasar fi ta‘dil al-kavakib” singari astronomiyaga oid asarlari o‘rganilib, ularning o‘sha davr taqvimshunoslik va yulduzlar harakatini hisoblash amaliyotidagi o‘rni yoritiladi. Muallifning bayon va balog‘at ilmlariga bag‘ishlangan “Ar-Ravdu-l-mari‘ fī ṣina‘ati-l-bad” kabi asarlari esa uning tilshunoslikdagi ilmiy merosini namoyish etadi. Maqolada shuningdek, Abu Abbosning ustozlari va shogirdlari haqida ma’lumot berilib, uning ilmiy maktabi orqali Ibn Xaldun, Al-Obuliy kabi yirik allomalar shakllanganligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari Abu Abbos Marokashiyning islom ilm-fani tarixida alohida o‘rin tutganini ko‘rsatadi.</mods:abstract><mods:originInfo><mods:dateIssued encoding="iso8601">2025-11-01</mods:dateIssued></mods:originInfo><mods:genre>Maqola</mods:genre></mods:mods>