%0 Journal Article %A Azizov Mirzabobur, Azizov Mirzabobur %D 2025 %F arxiv:96161 %J CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD %K Abu Abbos Marokashiy, matematika tarixi, astronomiya, algebra, Mag‘rib ilmiy maktabi, balog‘at, ilmiy meros. %N 10 %P 7-10 %T ABU ABBOS MAROKESHIY: MATEMATIKA, ASTRONOMIYA VA TILSHUNOSLIK SOHALARIDAGI ILMIY MEROSINING TADQIQI %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/96161/ %V 2 %X Ushbu maqolada XIII–XIV asrlarda yashab ijod qilgan mashhur mag‘riblik olim — Abu Abbos Marokeshiy ning ko‘p qirrali ilmiy merosi tahlil qilinadi. U matematika, astronomiya, balog‘at, til va falsafa sohalarida ellikdan ortiq asarlar yaratgan. Maqolada uning matematikaga oid asarlarining ahamiyati va ular orqali Mag‘rib mintaqasida algebra hamda geometriya rivojiga qo‘shgan hissasi bayon etiladi. Shuningdek, “Kitab al-anva”, “Al-Yasar fi ta‘dil al-kavakib” singari astronomiyaga oid asarlari o‘rganilib, ularning o‘sha davr taqvimshunoslik va yulduzlar harakatini hisoblash amaliyotidagi o‘rni yoritiladi. Muallifning bayon va balog‘at ilmlariga bag‘ishlangan “Ar-Ravdu-l-mari‘ fī ṣina‘ati-l-bad” kabi asarlari esa uning tilshunoslikdagi ilmiy merosini namoyish etadi. Maqolada shuningdek, Abu Abbosning ustozlari va shogirdlari haqida ma’lumot berilib, uning ilmiy maktabi orqali Ibn Xaldun, Al-Obuliy kabi yirik allomalar shakllanganligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari Abu Abbos Marokashiyning islom ilm-fani tarixida alohida o‘rin tutganini ko‘rsatadi.