%0 Journal Article %A Islomov Javlon Rasulovich, Islomov Javlon Rasulovich %D 2025 %F arxiv:96084 %J CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD %K telekommunikatsiya korxonalari; raqobatbardoshlik; innovatsion faoliyat; innovatsiyalarni boshqarish; integral ko‘rsatkich S; moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar; raqamlashtirish darajasi; innovatsion samaradorlik; “O‘zbektelekom” AJ; aloqa xizmatlari bozori; teskari aloqa tizimi; algoritm; KPI; ichki resurslar; inson kapitali; raqamli transformatsiya. %N 11 %P 97-104 %T Aloqa va telekommunikatsiya korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish algoritmini takomillashtirish yo‘llari %U https://arxiv.universalpublishings.com/id/eprint/96084/ %V 2 %X shbu maqolada aloqa va telekommunikatsiya korxonalarida raqobatbardoshlik darajasini oshirish jarayonida innovatsion faoliyatni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda telekommunikatsiya subyektlarining innovatsion rivojlanish samaradorligini baholovchi besh yo‘nalishdan iborat integral model taklif etilgan. Ushbu model moliyaviy-iqtisodiy natijalar, innovatsion faoliyatning moliyaviy ko‘rsatkichlari, ichki resurs salohiyati, innovatsiyalar natijadorligi va raqamlashtirish darajasini o‘z ichiga oladi. “O‘zbektelekom” AJ misolida 2016–2021-yillar kesimida integral ko‘rsatkich S hisoblab chiqilgan bo‘lib, S < 1 bo‘lgan holatlarda boshqaruv qarorlarini qayta ko‘rib chiqish, xodimlar malakasini oshirish, tashkiliy tuzilmani optimallashtirish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish zarurligi asoslab berilgan. Maqolada, shuningdek, telekommunikatsiya korxonalarida innovatsion boshqaruv tizimini joriy etish algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, u innovatsion jarayonning uzluksizligi, teskari aloqa mexanizmlarining mavjudligi va kompleks baholash tamoyillariga tayanadi. Taklif etilgan yondashuv raqamli transformatsiya sharoitida aloqa korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishning amaliy yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.